Yer qaridagi sirli siljiş aniqlandi
22-09-2025, 09:28
118 марта

Yer qaridagi sirli siljiş aniqlandi
Parijdagi Gustav Eyfel universiteti geofiziklari Yer qarida massalarning ğayrioddiy siljişini aniqlaşdi. Uşbu tadqiqot natijalari Geophysical Researç Letters jurnalidagi maqolada batafsil tasvirlangan.Unda 2006 va 2008 yillar oraliğida Yerning mantiyasi va yadro çegarasida — taxminan uç ming kilometr çuqurlikda sodir bölgan siljiş haqida gap boradi.
Tadqiqotçilar GRACE — AQŞ-Germaniya suniy yöldoşidan olingan malumotlardan foydalanişdi. Yer qarida massalarning siljişi toğ jinslari, xususan, perovskitlar tuzilişida özgarişlar yuz berganidan dalolat berişi mumkin, deyişmoqda olimlar.
Bu minerallar ekstremal bosimda hosil böladi va ançadan buyon quyi mantiyaning muhim tarkibiy qismi deb hisoblab kelinadi. Ularning mavjudligini laboratoriya tajribalari ham, seysmik kuzatuvlar ham tasdiqlagan: bu hududda tölqinlarning ötiş tezligi perovskit jinslarining xususiyatlariga mos keladi.
GRACE gravitatsion malumotlari massalar siljişi Yer tortişiş kuçining mahalliy özgarişiga olib kelganini qayd etiş imkonini berdi. Olimlar yadro va mantiya çegarasidagi deformatsiya (darz) taxminan ön santimetrga yetişi mumkinligini taxmin qilişmoqda. Bu esa, öz navbatida, yadroviy suyuqlik harakatiga tasir körsatgan va kuzatilgan magnit anomaliyalariga olib kelgan bölişi mumkin.
Tadqiqotçilarning takidlaşiça, bu jarayonlarning aniq sabablari hali aniqlanmagan, biroq tadqiqot natijalari sayyoramizning içki tuzilişini, şuningdek, uning geodinamik jarayonlarga, jumladan, zilzilalar va Yer magnit maydonining şakllanişiga tasirini çuqurroq tuşunişda yordam beradi.