USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qani, biz erkakmiz-ku”: Sunjada oqib ketgan 8 yoşli qahramonning jasadi topildi

248 марта
“Қани, биз эркакмиз-ку”: Сунжада оқиб кетган 8 ёшли қаҳрамоннинг жасади топилди

Inguşetiyada Sunja daryosida oqib ketgan 8 yoşli Xizir Derbiçevni qidiriş işlari yakunlandi. Bir neça kun davom etgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasidan söng bolaning jasadi topildi. Bu haqda “Mirmol.ru” xabar berdi.

Respublika hukumati malumotiga köra, Xizirning jasadi 22 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:50 da topilgan. Şundan söng Favqulodda vaziyatlar xizmati qidiruv-qutqaruv işlari rasman yakunlanganini elon qilgan. Hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritilmoqda.

Fojia 15 iyun kuni sodir bölgan. Ommaviy axborot vositalari malumotlariga köra, Xizir Sunja daryosi böyida ikki nafar dösti bilan bölgan. Bolalardan biri – Adam suvga tuşib ketgan va daraxt şoxi yoki ildizidan uşlab qolişga muvaffaq bölgan.

Xizir döstiga yordam beriş uçun suvga taşlangan, ammo kuçli oqimni yengolmay, suv uni oqizib ketgan. Uçinçi bola kattalarni çaqiriş uçun yugurgan va natijada Adamni qutqarib qolgan.

Bu voqea jamoatçilikda katta aks-sado bergan. Köpçilik Xizirni kiçik qahramon deb atagan. Odamlar uning atigi 8 yoşida bölişiga qaramay, kattalardek jasorat körsatib, döstini qutqarişga uringanini takidlagan.

Guvohlarning sözlariga köra, Xizir daryoga taşlanişidan oldin: “Qani, biz erkakmiz-ku, qani uni qutqaraylik”, degan.

Xizirni qidiriş işlarida minglab odamlar iştirok etgan. Qutqaruvçilar, köngillilar va mahalliy aholidan taşqari, Çeçeniston, Doğiston, Şimoliy Osetiya, Kabarda-Balqariya hamda Qoraçay-Çerkesiyadan kelgan köngillilar ham operatsiyaga jalb qilingan.

Qidiruv iştirokçilari Sunja daryosining özani, qirğoqlari va atrof hududlarni tekşirgan. Biroq yomğirlardan keyin suv sathining kötarilişi va oqimning kuçayişi işlarni ança murakkablaştirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: