USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kavkaz birlaşdi: çökayotgan döstini qutqariş uçun suvga sakragan 8 yoşli bolani minglab aholi izlamoqda

183 марта
Кавказ бирлашди: чўкаётган дўстини қутқариш учун сувга сакраган 8 ёшли болани минглаб аҳоли изламоқда

Inguşetiyada Sunja daryosida yöqolib qolgan 8 yoşli Xizir Derbiçevni topiş böyiça boşlangan keng kölamli qutqaruv operatsiyasi butun mintaqani qamrab oldi va minglab aholini birlaştirdi.

Fojiaviy voqea 15 iyun kuni kunduz payti Karabulak va Yandare qişloqlari oraliğida Sunja daryosi qirğoğida sodir bölgan. Xizir Derbiçev ikki dösti — Adam va Muhammad bilan daryo böyida dam olayotgan vaqtda voqea yuz bergan. Malumotlarga köra, Adam tasodifan sirpanib suvga tuşib ketgan, ammo yaqinidagi daraxt şoxi va ildiziga ilinib qolib, özini saqlab qolişga muvaffaq bölgan. Şu paytda Xizir döstiga yordam beriş uçun suvga taşlangan, biroq kuçli oqim uni olib ketgan. Uçinçi bola Muhammad esa darhol yordam çaqiriş uçun yaqin atrofdagi odamlar tomon yugurib, yölda işga ketayotgan oilaga duç kelgan. Aynan ularning yordamida Adam qutqarib qolingan, ammo Xizirni topiş imkoni bölmagan.

Şundan söng daryo böylab misli körilmagan masştabda qidiruv-qutqaruv işlari boşlangan. Operatsiyaga mahalliy qutqaruvçilar, favqulodda xizmatlar, köngillilar hamda qöşni respublikalardan kelgan yordam kuçlari jalb etilgan. Jami taxminan 6000 nafarga yaqin kişi, jumladan 4500 dan ortiq köngillilar qidiruvda iştirok etmoqda. Ular daryo qirğoği böylab “tirik zanjir” hosil qilib, hududni metrma-metr tekşirişmoqda.

Qidiruv işlariga Çeçeniston, Doğiston, Şimoliy Osetiya, Kabarda-Balqariya va boşqa Şimoliy Kavkaz respublikalaridan ham qutqaruv bölinmalari jalb etilgan. Çeçeniston rahbariyati topşiriği asosida maxsus xizmatlar Sernovodsk va Açxoy-Martan hududlarida ham faol iş olib borgan. Barça zarur texnika va uskunalar işga solingan, ayrim uçastkalarda suv oqimi vaqtinça tösib qöyilib, daryo sathi pasaytirilgan.

Qidiruvning 5-kuniga kelib, 19 iyun kuni maxsus texnika yordamida daryoning ayrim qismlari yönaltirilib, suv sathi kamaytirilgan. Bu orqali avval suv ostida qolgan hududlar ham tekşirilgan. Troitsk dambasi atrofida beton plitalar kötarilib, ilgari körinmagan hududlar ham sinçkovlik bilan közdan keçirilgan. Keçayu kunduz uzluksiz navbatçilik taşkil etilgan, projektorlar yordamida tungi qidiruv işlari davom ettirilmoqda.

Biroq qidiruv jarayoni fonida jiddiy ekologik muammolar ham aniqlangan. Qutqaruvçilar daryo böylab noqonuniy quvurlar orqali tozalanmagan kanalizatsiya çiqindilari taşlab kelinayotgani, şuningdek, maişiy çiqindilarning köpligi holatlariga duç kelişgan. Bu holat nafaqat tabiatga katta zarar yetkazayotgani, balki suv osti qidiruv işlarini ham jiddiy qiyinlaştirayotgani takidlandi.

Inguşetiya rahbari Mahmud-Ali Kalimatov mazkur holatga keskin munosabat bildirib, özining Telegram kanali orqali daryoga noqonuniy oqova suv çiqariş holati aniqlanganini tasdiqladi. U bunday harakatlar ekotizimga jiddiy zarar yetkazişi va aholi salomatligiga xavf tuğdirişini takidlab, Tabiatni muhofaza qiliş vazirligi hamda mahalliy hokimiyatlarga qirğoq hududlarini töliq tekşiriş va barça noqonuniy çiqindi manbalarini bartaraf etiş böyiça topşiriq berdi.

Şu bilan birga, masullar bunday qonunbuzarliklarga yöl qöygan şaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilişini malum qildi.

Qidiruv jarayonida ijtimoiy tarmoqlarda bola topilgani haqida notöğri malumotlar ham tarqalgan, biroq keyinçalik bu xabarlar rad etildi – ular avvalroq vafot etgan boşqa bir bolaning eski surati bilan boğliq ekani malum böldi.

Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda va Xizir Derbiçevni izlaş işlari töxtatilmagan. Hokimiyatlar barça kuç va resurslar işga solingan holda operatsiya töliq yakunlanmagunça harakatlar davom etişini bildirmoqda.

Изоҳ қолдириш

    • Нематжон 21 Iyun 2026 18:47
      Оллох мадаткор булиб тезирок топилсин ота-онасига якинларига сабр берсин

Мавзуга алоқадор: