USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Soçni qançalik tez-tez taraş kerak?

117 марта
Сочни қанчалик тез-тез тараш керак?

Köpçilik soçni tez-tez taraş uni soğlomroq va tezroq ösişiga yordam beradi. Biroq mutaxassislarning aytişiça, soçni parvariş qilişda taraş sonidan köra, uni töğri usulda va soç turiga mos ravişda taraş muhimroq hisoblanadi. Bu haqdagi tadqiqot BBC’da elon qilindi.

Soç parvarişi tarixi minglab yillarga borib taqaladi. Tadqiqotçilar soç taroqlari qadimgi davrlardanoq insonlar tomonidan işlatilganini qayd etadi. Soç tarixini örganuvçi mutaxassis Reyçel Gibsonning aytişiça, odamlar har doim mavjud vositalardan foydalanib, soçlarini tozalaş va parvariş qilişga harakat qilgan.

Soçni kuniga yuz marta taraş haqidagi maşhur qaraş esa, ehtimol, Viktoriya davrida paydo bölgan. Öşa paytda uzun soç ayollik va gözallikning muhim belgisi hisoblangan. Ayollar soçdagi kir, çang va çigallarni taroq yordamida tozalagan, keyinçalik esa tabiiy töklardan tayyorlangan taroqlar bilan soçdagi yoğlarni bir tekis taqsimlagan.

1898 yilda amerikalik sartaroş Lida Nyuman suniy tukli birinçi soç taroğini yaratgan. Bu yangilik soç tarolaqrini işlab çiqarişni arzonlaştirib, ularning keng tarqalişiga sabab bölgan.

Mutaxassislarning aytişiça, soçni köp taraş uning tezroq ösişiga yordam beradi degan fikr afsona hisoblanadi. 2025 yilda ötkazilgan sörov natijalariga köra, respondentlarning qariyb yarmi hanuz şu fikrga işonadi. Biroq Kaliforniyalik sartaroş Nikki Korzine soç ösişi taraş soniga boğliq emasligini takidlaydi.

Olimlar tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar ham ortiqça taraş soçga zarar yetkazişi mumkinligini körsatgan. Tajribalarda soç tolalari bir-biriga çirmaşib qolgan holatlar suniy ravişda yaratilgan va ularni ajratiş jarayonida soç içki tuzilmasida yoriqlar hosil bölişi aniqlangan. Ayniqsa, uçlari sinişga moyil bölgan soçlarda bu holat tezroq kuzatilgan.

Irlandiyadagi Trinity College Dublin universiteti professori Devid Teylorning fikriça, soçning zararlanişiga taraş sonidan köra, taraş paytida qöllaniladigan kuç köproq tasir qiladi. Yani soçni ehtiyotsizlik bilan, qattiq tortib taraş uning siniş xavfini oşiradi.

Şunga qaramay, mutaxassislar taraşning foydali jihatlari ham borligini qayd etadi. Muntazam taralgan soçlarda katta çigallar kamroq hosil böladi. Bu esa keyinçalik soçni kuç bilan tortib taraş zaruratini kamaytiradi va sinişlarning oldini oladi. Bundan taşqari, taraş boş terisida yiğilib qoladigan ölik hujayralar, çang va tuşgan soçlarni tozalaşga yordam beradi.

Mutaxassislar soçni taraş usuli uning turiga qarab farq qilişini aytadi. Töğri yoki tölqinsimon soç egalari uçun haftasiga kamida uç marta, ayrim hollarda esa kuniga bir yoki ikki marta taraş tavsiya etiladi. Biroq bunday soçlarni höl holatda taraş maqsadga muvofiq emas. Çunki nam soç tolalari mörtlaşadi va tezroq sinadi.

Jingalak va qattiq jingalak soç egalari uçun esa tavsiya buning aksi. Ular soçlarini quruq holda taramasligi, çigallarni faqat yuviş vaqtida yoki nam holatda ehtiyotlik bilan yozişi kerak. Tadqiqotçilar bunday soçlarning tuzilişi boşqaça bölib, namlikni yomonroq uşlaşi va tezroq tugun bölib qolişini qayd etgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: