AQŞ Filippinga 13 mln dollarlik dronlar sovğa qildi
AQŞ hukumati Filippin Qurolli kuçlariga 4 ta Ocean Aero Triton avtonom suvosti va suvusti apparatini topşirdi. Bu haqda AQŞning Filippindagi elçixonasi xabar qildi.
Malum qilinişiça, qiymati 13 million AQŞ dollari bölgan mazkur dronlar Manilaning öz hududiy suvlarini kuzatiş, ehtimoliy tahdidlarni aniqlaş va ularga tezkor javob qaytariş imkoniyatlarini oşiradi. Quyoş energiyasida işlovçi dronlar ekipajsiz 30 kungaça mustaqil harakatlana oladi. Ular noqonuniy baliq ovlaş, “kulrang zona” faoliyatlari hamda erkin dengiz qatnoviga tahdidlarni kuzatiş uçun möljallangan.
AQŞ elçixonasi bayonotida Vaşington uşbu qadam orqali öz ittifoqçisi bölgan Filippinni qöllab-quvvatlaşini yana bir bor namoyon etayotgani takidlangan.
“Hind-Tinç okeani mintaqasidagi suv hududlari ulkan va bahsli hisoblanadi. Filippin esa uşbu mintaqa markazida joylaşgan”, deyilgan bayonotda.
Xitoyning Maniladagi elçixonasi mazkur qaror ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqaviy barqarorlikka putur yetkazganini bildirgan bölsa, Filippin Taşqi işlar vazirligi bu fikrni rad etgan.
Dronlarning topşirilişi Filippin va Xitoy örtasidagi munosabatlar yanada taranglaşgan bir paytga töğri kelgan. Avvalroq, Pekin Skarboro rifi hududida suzuvçi inşoot örnatgani va Filippin Mudofaa vaziriga qarşi sanktsiyalar joriy qilgani töğrisida xabar qilingan edi.
Iyun oyi örtalarida AQŞ va Filippin harbiylari Janubiy Xitoy dengizida qöşma dengiz maşqlarini ötkazgan. Maşğulotlarda aviatsiya va sohil qöriqlaş kuçlari ham iştirok etgan. Ötgan hafta Filippin Xitoy diplomatik norozilikdan söng, bahsli rifdagi suzuvçi inşootni olib taşlaganini malum qilgandi. Pekin esa mazkur obekt “ilmiy tadqiqot işlari” uçun örnatilganini bildirgan.
Malumot uçun, Xitoy Janubiy Xitoy dengizining deyarli barça qismiga davo qiladi. Har yili 3 trillion AQŞ dollaridan ortiq savdo aylanmasi amalga oşadigan uşbu strategik suv yöli böyiça Pekinning davolari 2016 yildagi xalqaro arbitraj qarori bilan haqiqiy emas deb topilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Qatar sovğa qilgan 400 mln dollarlik “uçar qasr”ni jamoatçilikka taqdim etgandi.