USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Litva hukumati istefoga çiqişini elon qildi

90 марта
Литва ҳукумати истеъфога чиқишини эълон қилди

Bugun, 23 iyun kuni Inga Ruginene boşçiligidagi Litva koalitsion hukumati istefoga çiqişini elon qildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi yiğilişida malum qilindi.

Avvalroq, Litva Seymidagi eng yirik partiya bölgan sotsial-demokratlar populistik “Zarya Nemana” (Neman tongi) partiyasi bilan ittifoqdan çiqişga qaror qilgan va boşqa ikki siyosiy kuç bilan yangi mahkama tuziş böyiça kelişib olgan. Ruginene mahkamasi qariyb töqqiz oy davomida hokimiyatda böldi.

“Bugun oğir kun, lekin şu bilan birga, bu ötgan yilga, qanday işlaganimizga va qanday natijalarga erişganimizga nazar taşlaşimiz mumkin bölgan kundir. Men vazirlarga bir neça bor aytganman va bugun ertalab ham takrorladim: hozir stol atrofida ötirgan jamoadan çin dildan mamnunman. Çunki barça qiyinçiliklarga qaramay, faxrlanişga arzigulik işlarimiz bor va har biringiz davlatimiz farovonligi hamda odamlar hayotini yaxşilaşga katta hissa qöşdingiz. XX hukumatning barça azolariga va butun jamoaga uşbu murakkab davrdagi birgalikdagi mehnati, masuliyati va qaror qabul qilişdagi qatiyati uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. Bu vaqt içida biz birgalikda bir qança qiyin qarorlarni qabul qildik, lekin har doim bir maqsadni – Litvada odamlar xavfsizroq, munosib va kuçliroq yaşaşini közladik. Buning uçun har biringizga rahmat aytaman”, deydi Ruginene.

Sotsial-demokratlar bilan yangi koalitsiyaga Litva dehqonlar, yaşillar va nasroniy oilalar ittifoqi, şuningdek, “Litva nomidan” demokratlar ittifoqi kiradi. Hukumatni sotsial-demokratlar yetakçisi Mindaugas Sinkyaviçyus boşqarişi kutilmoqda, uning partiyasi vazirlik portfellarining aksariyatini özida saqlab qoladi. 

Malumot uçun, Sotsial-demokratlar 2024 yilgi parlament saylovlarida ğalaba qozongan edi. Ular tomonidan tuzilgan Gintautas Palutskas boşçiligidagi birinçi hukumat 2025 yilda korruptsiya mojarosidan keyin istefoga çiqqan, şundan söng Vazirlar Mahkamasini Inga Ruginene boşqarişga kirişgan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Latviya Boş vaziri Evika Silinya va uning ortidan butun hukumat istefoga çiqqan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: