USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğiston Özbekistondan pomidor importini vaqtinça taqiqladi

92 марта
Қозоғистон Ўзбекистондан помидор импортини вақтинча тақиқлади
Qozoğiston Respublikasi mamlakat hududiga uçinçi davlatlardan yangi yoki sovutilgan pomidorlarni barça transport turlari orqali olib kirişga bir haftalik taqiq joriy etdi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligining 2026 yil 22 iyundagi “Qozoğiston Respublikasi hududiga pomidorlarni olib kirişning ayrim masalalari töğrisida”gi 250-son buyruğida söz boradi.

Malum qilinişiça, Qozoğiston Qişloq xöjaligi vaziri Aydarbek Saparov yangi va sovutilgan pomidorlarni import qilişni vaqtinça çeklaş töğrisidagi buyruqni imzolagan. Hujjatga muvofiq, taqiq 2026 yil 30 iyungaça amal qiladi.

Çeklovlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga azo bölmagan davlatlardan keltiriladigan pomidorlarga nisbatan qöllanadi. Şu bilan birga, YeOIIga azo mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlar mazkur çeklovlardan mustasno hisoblanadi.

Şuningdek, Qozoğiston hududi orqali pomidorlarni tranzit tarzda taşiş va ittifoq mamlakatlari örtasida respublika orqali yuk taşiş imkoniyati saqlanib qoladi. Buyruq keça, 22 iyun kuni imzolangan bölib, qabul qilingan kundan boşlab kuçga kirgan.

Malumot uçun, Özbekiston 2020 yildan beri YeOIIda kuzatuvçi davlat maqomiga ega, ammo töliq azo davlat emas. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçilari va taşuvçilardan mazkur talablarni inobatga olişini söragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğistonda mamlakat içida yonilği taqçilligiga yöl qöymaslik maqsadida çegaralardagi nazorat kuçaytirilgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: