Iordaniyada sönggi töqqiz yil içida bir vaqtda olti kişi qatl etildi
Iordaniyada 21 iyun kuni olti nafar erkak dorga osiş orqali qatl etildi. Bu mamlakatda 2017 yildan beri qayd etilgan birinçi şunday holat böldi. Bu haqda “Human Rights Watç” xabar berdi.
Qatl etilganlarning barçasi Iordaniya Davlat xavfsizligi sudi tomonidan hukm qilingan. Uşbu sud tarkibiga fuqaroviy va harbiy sudyalar kiradi. Hukmlardan ikkitasi terrorizm bilan boğliq bölsa, uçtasi giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan boğliq bölgan.
Qatl etilganlardan ikki nafari Mahmud Nayef Muso va Anvar Odil Solih bölgan. Ular “Salt guruhi” işi böyiça aybdor deb topilgan. Tergov malumotlariga köra, uşbu guruh 2018 yil 10 avgust kuni Fuhays şahrida ötkazilayotgan ananaviy festival yaqinida xavfsizlik kuçlarining qöşma patruli yonida bomba portlatgan. Hodisa oqibatida ikki nafar politsiya xodimi halok bölgan, olti kişi jarohatlangan. Keyingi kuni gumonlanuvçilarni qölga oliş operatsiyasi vaqtida yana tört nafar politsiya xodimi halok bölgan.
Uçinçi qatl etilgan şaxs Ibrohim Mansur bölib, u 2022 yil dekabr oyida Maan şahrida politsiya patruliga hujum qilgan. Hujum oqibatida Maan politsiya boşqarmasi rahbari örinbosari Abdulrazzoq al-Dalabih halok bölgan.
Qolgan uç nafar mahkum esa giyohvand moddalar savdosiga qarşi operatsiyalar vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarini öldirgani uçun qatl etilgan.
Malumot uçun, Iordaniya 2014 yil dekabr oyida sakkiz yillik norasmiy moratoriydan söng ölim jazosini qayta tiklagan edi. Öşanda qotillikda ayblangan 11 kişi qatl etilgan. 2017 yil mart oyida esa 15 nafar erkak qatl qilingan bölib, ularning 10 nafari terrorizm bilan boğliq ayblovlar böyiça Davlat xavfsizligi sudi tomonidan hukm qilingan.
Human Rights Watç taşkilotining Yaqin Şarq böyiça direktor örinbosari Adam Kuglning aytişiça, bir vaqtning özida olti kişining qatl etilişi Iordaniyaning ölim jazosini qayta tiklaganidan buyon kuzatilgan eng yirik holatlardan biri hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, 2025 yilda dunyoning 17 ta davlatida 2707 kişi qatl etilgani haqida xabar berilgandi.