“Hamma seni yomon köradi”. Tramp Netanyaxu bilan “ajraşmoqçi” bölgan – OAV
AQŞ Prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytişi haqidagi yangi kitobda uning Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan bölgan keskin suhbati tafsilotlari oçiqlandi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Jurnalistlar Meggi Xaberman va Jonatan Suonning kitobida davo qilinişiça, ötgan yilning kuzida Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu örtasida keskin telefon muloqoti bölib ötgan. “The Independent” naşrining yozişiça, bahsga Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça Amerika rejasining muhokamasi sabab bölgan. Kitob mualliflarining takidlaşiça, Tramp Isroil Boş vaziridan taklif qilingan kelişuvni qöllab-quvvatlaşni talab qilgan.
“Hamma sendan çarçadi, Bibi. Barça yahudiylar sendan çarçadi”, deya Trampning sözlaridan iqtibos keltiriladi kitobda.
Mualliflarning malumotlariga köra, Amerika yetakçisi agar Netanyaxu kelişuvdan boş tortsa, ikki ittifoqçi örtasida “ajraşiş” yuz berişi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.
Kitobda davo qilinişiça, yakunda Netanyaxu taklif qilingan rejaga rozi bölgan. Uşbu ixtilofga qaramay, siyosatçilar örtasidagi munosabatlar saqlanib qolgan. Keyinçalik, Isroil Boş vaziri Trampni Eronga qarşi harbiy kampaniyani qöllab-quvvatlaşga işontira olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ham Donald Tramp Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot çoğida uni keskin tanqid qilib, “aqldan ozgan” deb atagani haqida xabar berilgan edi.