USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Netanyaxu Ğazoga zarba berişni buyurdi

88 марта

Netanyaxu Ğazoga zarba berişni buyurdi

Keça, 28 oktyabr kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu buyruği bilan Ğazo sektoriga zarbalar berildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Malumotlarga köra, uşbu buyruq joriy yilning 27 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga asirlikda halok bölgan askarning jasadini topşirganidan keyin elon qilingan. Qayd etilişiça, qaytarilgan jasad garovga olingan şaxsga tegişli emas, unda Isroil tomonidan topilgan Ofir Tzarfatining jasadi bölgan. Şundan söng,  Binyamin Netanyaxu Ğazo sektoriga darhol kuçli zarbalar berişni buyurgan. 

Şuningdek, HAMAS Isroil öt oçişni töxtatiş rejasini buzgani uçun garovga olingan 13 isroillik askar jasadini qaytarişni keyinga qoldirişini aytgan.
“Isroil HAMAS tomonidan Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvni buzganiga nisbatan jim turmaydi. HAMAS  garovdagilarning jasadini qaytarişga vada berdi, biroq ular öz majburiyatlarini buzişmoqda. Biz buni keça tunda kördik. Terror, yolğon va xiyonatga asoslangan bu taşkilotning mohiyatini yaxşi bilamiz”, deydi Isroil Boş ştab Boşliği  Eyal Zamir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: