USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ruminiya Moldova bilan birlaşmoqçi. Deputatlar qonun loyihasini maqulladi

112 марта
Руминия Молдова билан бирлашмоқчи. Депутатлар қонун лойиҳасини маъқуллади

Ruminiyaning Moldova bilan birlaşişi haqidagi qonunçilik taşabbusi uni körib çiqiş muddati tugaganligi sababli Ruminiya Deputatlar palatasi tomonidan ovoz berişsiz maqullandi. Bu haqda “Digi24” telekanaliga tayanib, “Evropeyskaya pravda” xabar berdi.

Qayd etilişiça, öta öngçi “S.O.S. România” partiyasi deputatlari tomonidan 14 aprel kuni parlament quyi palatasiga kiritilgan uşbu qonunçilik taşabbusi qonunçilar u böyiça munozaralar yoki yakuniy ovoz berişni boşlamagani sababli 45 kunlik muddat ötgandan keyin maqullangan deb hisoblanadi.

Endilikda Moldova bilan birlaşiş töğrisidagi loyiha yakuniy qaror qabul qiliş uçun Ruminiya Senatiga yöllanadi.

Qayd etilişiça, uşbu qonun loyihasi hukumat, şuningdek, Deputatlar palatasining yuridik va inson huquqlari qömitalari tomonidan salbiy xulosa olgan.

Agar hujjat maqullansa, u Ruminiya hukumatiga ikki davlatning ehtimoliy birlaşişi böyiça Moldova bilan zudlik bilan muzokaralar boşlaş vakolatini beradi. Qonunçilik taklifi matniga köra, qonun qabul qilinib, rasmiy gazetada çop etilganidan söng, tegişli xalqaro organlar, Moldova hukumati, AQŞ, NATO, BMT va Yevropa Ittifoqi qonun qoidalari bajarilganligi haqida xabardor qilinadi.

Ruminiya Prezidenti Nikuşor Dan Ruminiyaning Moldova bilan birlaşişi stsenariysi qöşni davlat aholisining aksariyati buni xohlagan taqdirdagina amalga oşişi mumkinligini malum qilgan.

Bundan oldin Moldova Prezidenti Mayya Sandu agar Respublikada Ruminiya bilan birlaşiş böyiça referendum ötkazilsa, u “ha” deb ovoz berişini malum qilgan.

Boş vazir örinbosari Eujen Osmokesku esa agar Moldovaning YeIga azo böliş yöli qiyinlaşsa yoki tösib qöyilsa, mamlakat qöşni Ruminiya bilan birlaşiş imkoniyatini körib çiqişini bildirgan.

Malumot uçun, Ruminiya va Moldova – janubi-şarqiy Yevropada joylaşgan, umumiy tarix, madaniyat va til birligi bilan çambarças boğlangan ikki qöşni davlatdir. Bu ikki mamlakat aholisining katta qismi bir xil tilda (rumin/moldovan tili) gaplaşadi va uzoq asrlik madaniy ildizlarga ega. 

Ruminiya – Yevropa Ittifoqi (EI) va NATO azosi bölib, mintaqada ança barqaror iqtisodiyot va harbiy salohiyatga ega. Poytaxti – Buxarest şahri. Mamlakat sönggi yillarda iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanib, suveren davlat sifatida Moldovaning xalqaro maydondagi eng yaqin hamkori va qöllab-quvvatlovçisiga aylandi.

Moldova – sobiq Ittifoq tarkibidan çiqqan, dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan nisbatan kiçikroq davlat. Poytaxti – Kişinyov. Iqtisodiyotida qişloq xöjaligi va vinoçilik yetakçi örin tutadi. Ayni paytda mamlakat taşqi siyosatda Yevropa Ittifoqiga integratsiyalaşiş yölini tanlagan va YeI azoligiga nomzod maqomiga ega. Biroq mamlakat içida Rossiya tasiridagi Dnestrböyi (Pridnestrove) separatistik hududi muammosi hamon saqlanib qolmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: