Jungli örmonlarida 1000 yillik yaşirin şahar topildi
Xalqaro arxeologlar guruhi Meksika junglilarida ilgari nomalum bölgan, olimlarning hisob-kitoblariga köra, ming yildan ortiq vaqt davomida yaşirin bölib kelgan Mayya tsivilizatsiyasiga tegişli şaharni topdi. Bu haqda “Mirror” xabar berdi.
Qayd etilişiça, uşbu topilma Kampeçe ştatidagi Kalakmul biosfera qöriqxonasida sloveniyalik va meksikalik tadqiqotçilarning qöşma ekspeditsiyasi davomida aniqlangan. Yangi arxeologik yodgorlikka yukatek mayyalari tilida “yöl yöq” degan manoni anglatuvçi Minanbe nomi berilgan. Bunday nom qadimiy şahar joylaşgan hududga ötiş juda qiyin bölganligi sababli tanlangan.
Ekspeditsiyaga Sloveniya fan va sanat akademiyasi Ilmiy-tadqiqot markazi arxeologi Ivan Şprayts rahbarlik qilgan. Dala işlaridan oldin mutaxassislar hududning lazerli skanerlaş (LiDAR) malumotlarini örganib çiqqan. Uşbu malumotlar qalin jungli qoplami ostida suniy inşootlar mavjud bölişi mumkinligini körsatgan.
Tekşiruv davomida arxeologlar maydoni taxminan 13 gektarni taşkil etuvçi şaharni aniqlagan. Dastlabki malumotlarga köra, u milodning 600 va 900 yillari oraliğidagi davrda barpo etilgan. Minanbe hududida köplab inşootlar, jumladan, Rio-Bek arxitektura uslubidagi 13 metrli piramida, şuningdek, suv ramzlari va boşdan judo qiliş sahnalari tasvirlangan toş releflar saqlanib qolgan.
Ekspeditsiya iştirokçilarining sözlariga köra, şahar deyarli şikastlanmagan holatda topilgan. Köplab boşqa mayya yodgorliklaridan farqli ölaroq, bu yerda talon-toroj qiliş izlari aniqlanmagan, bu esa topilmaning arxeologlar uçun qiymatini yanada oşiradi. Olimlarning fikriça, Minanbe iqtisodiyoti qişloq xöjaligiga asoslangan muhim mintaqaviy markaz bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq geologlar Kanadaning Ontario provintsiyasidagi Kidd-Krik konidan yer pöstloğida taxminan ikki milliard yil davomida izolyatsiyada qolgan suvni topgan edi.