USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiya tarixidagi eng issiq uç kunni boşdan keçirdi

122 марта
Франция тарихидаги энг иссиқ уч кунни бошдан кечирди

1947 yildan buyon yuritib kelinayotgan meteorologik kuzatuvlar tarixida Frantsiyada 23, 24 va 25 iyun kunlari eng issiq uç kun sifatida qayd etildi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Bugun, 25 iyun kuni mamlakat böyiça örtaça harorat 30 darajani taşkil etib, bir kun avval örnatilgan rekordni takrorladi. Şu tariqa, seşanba, çorşanba va payşanba kunlari 2019 yilda qayd etilgan avvalgi eng issiq uç kunlik rekordni yangiladi.

Mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati 43 darajadan oşdi. Xususan, Men va Luara hamda Land departamentlarida havo 43,2 darajagaça, Şer departamentida 42,4 darajagaça, Ivelin departamentida esa 42,2 darajagaça kötarildi.

Anomal issiqlik sababli 25 iyun kuni Frantsiyaning 96 departamentidan 72 tasida eng yuqori — qizil darajadagi ob-havo xavfi elon qilindi. Bugun, 26 iyun kuni ham 61 departamentda qizil, yana 25 departamentda esa töq sariq xavf darajasi saqlanib qoladi.

Frantsiya Milliy talim vaziri Eduar Jyoffrening malum qilişiça, kuçli issiq tufayli 3,5 mingga yaqin maktab töliq yopilgan, yana qariyb 10 ming talim muassasasida dars jadvali özgartirilgan yoki maşğulotlar salqinroq xonalarga köçirilgan.

Şuningdek, mamlakatning qator hududlarida yonğin xavfi juda yuqori ekani haqida ogohlantiriş berilgan.

Parij politsiyasi prefekti Patris For bugun, 26 iyun kuni soat 18:00 dan boşlab poytaxtda alkogolli içimliklar savdosi taqiqlanişini, ularni jamoat joylarida istemol qiliş esa tuş paytidan boşlab man etilişini malum qildi. Uning takidlaşiça, ekstremal issiq şaroitida spirtli içimliklar tez tibbiy yordam va qutqaruv xizmatlariga qöşimça yuklama yuklaydi.

Anomal issiqlik Yevropaning boşqa davlatlariga ham tasir körsatdi. Buyuk Britaniyada iyun oyi uçun yangi harorat rekordi örnatilib, havo 35,7 darajagaça isidi. London va Angliyaning janubi-şarqiy qismida juma oqşomigaça qizil xavf darajasi saqlanib qoladi.

Şveytsariyaning şimoli-ğarbidagi Bazel şahrida havo harorati 38 darajaga yetdi. Bu iyun oyi uçun qariyb 80 yildan buyon saqlanib kelgan rekordning yangilanişi böldi.

Niderlandiya Meteorologiya instituti ham öz tarixida ilk bor ekstremal issiqlik böyiça qizil ogohlantiriş elon qildi. U juma kuni mamlakatning katta qismida amal qiladi. Ayrim hududlarda havo harorati 40 darajagaça kötarilişi mumkin. Qizil xavf darajasi Niderlandiyaning 12 provintsiyasidan 8 tasida joriy etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: