USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda narkomanlar soni ortib bormoqda – BMT

56 марта
Дунёда наркоманлар сони ортиб бормоқда – БМТ

Dunyoda giyohvandlik vositalarini istemol qiluvçilar soni ösib bormoqda. Bu haqda BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNP) yangi hisobotida söz yuritiladi.

Statistik malumotlarga köra, 2024 yilda 331 million kişi giyohvand moddalar istemol qilgan, bu 15 yoşdan 64 yoşgaça bölgan dunyo aholisining 6,2 foizini taşkil etadi. Taqqoslaş uçun: 2014 yilda bu körsatkiç 5,2 foiz bölgan.

Kannabis eng keng tarqalgan giyohvandlik moddasi bölib qolmoqda: 2024 yilda uni istemol qiluvçilar soni 256 million kişini taşkil etgan. Undan keyingi örinlarni opioidlar (63 million), amfetaminlar (32 million), kokain (25 million) va ekstazi (21 million) egallagan.

Boşqarma bozorda giyohvand moddalarning yangi turlari paydo bölişi misli körilmagan darajada şiddatli tus olganini va eng taşvişlisi ularning bazilari ilgarigidan ham kuçliroq tasirga ega hamda xavfliroq bölib qolganini qayd etmoqda.

Bu ayançli oqibatlarga, jumladan, millionlab odamlarning bevaqt vafot etişiga va hayot yillarining behuda boy berilişiga olib kelmoqda. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va istemoli iqtisodiy jarayonlarni izdan çiqaradi, vaziyatni beqarorlaştiradi va zöravonlikning avj olişiga zamin yaratadi.

Maruzaga köra, taqiqlangan moddalarni işlab çiqaruvçilar qonuniy tartibga soliş tizimlarini aylanib ötiş va huquq-tartibot idoralarini aldaş maqsadida borgan sari yangi sintetik giyohvandlik vositalarini öylab topmoqda. 2024 yilda 2000 yilgaça bölgan davrga nisbatan beş baravar köp turdagi giyohvandlik moddalari musodara qilingan. Masalan, qora bozorda aylanayotgan yangi psixoaktiv moddalar soni 2024 yilda 755 taga yetgan, ulardan 118 tasi birinçi marta röyxatga olingan.

“Fentanil, nitazen va orfin kabi yangi sintetik opioidlarning tobora ommalaşib borayotgani narkodilerlar geroinga muqobil variant qidirayotganidan dalolat beradi. Ösimlik asosidagi opiatlardan voz keçib, sintetik moddalarga ötilişi dunyo opioid bozorida doimiy özgarişlarga olib kelişi mumkin, bu esa uşbu moddalarni istemol qiliş xarakterini va undan kelib çiqadigan zararlar kölamini özgartiradi”, deydi mutaxassislar.

Ularning sözlariga köra, giyohvandlikka çalingan şaxslar ham jinoyat qurboniga aylanişi, ham özlari jinoyat sodir etişi mumkin. Biroq bunga giyohvand moddalarni istemol qiliş şaroiti va insonlarning şaxsiy hayoti (jumladan, kambağallik, uysizlik, ruhiy salomatlikdagi muammolar), şuningdek, jamiyatdagi vaziyat, masalan, giyohvandlikni davolaş imkoniyatlari va ijtimoiy xizmatlarning mavjud emasligi kabi omillar tasir körsatadi. Uşbu omillar vaziyatga aralaşiş va profilaktika çoralarini körişda boşlanğiç nuqta sifatida qaralişi kerak.

Malumot uçun, har yili 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarşi kuraş va uning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraşiş kuni sifatida nişonlanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Avstraliya Federal politsiyasi (AFP) Sidney ğarbidagi Londerderri hududidan 2,7 tonna kokain musodara qilgandi. Bu mamlakat tarixida aniqlangan eng yirik kokain partiyasi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: