Rossiyada poraxör mulozimlarni qatl etiş taklif qilindi
Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida korruptsiya uçun mansabdor şaxslarni qatl etiş taklif qilindi. Deputatlar muhokamasiga tegişli qonun loyihasi kiritilgani haqida “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakçisi Sergey Mironov RTVI telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
“Mansabdor şaxsning ğarazli niyatlarda sodir etgan xatti-harakatlari fuqarolar xavfsizligi va mamlakat mudofaa qobiliyatiga bevosita putur yetkazsa, biz qonunçilikdagi böşliqqa duç kelamiz. Bunday jinoyatlarni josuslik va davlatga xoinlik qiliş bilan tenglaştiriş hamda ölim jazosi bilan jazolaş kerak”, deydi Mironov.
Buning uçun Rossiya Jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritiş va, jumladan, “mamlakat mudofaa qobiliyati va fuqarolar xavfsizligiga zarar yetkazilişiga sabab bölgan korruptsiyaviy faoliyat” deb nomlangan yangi jinoyat turini joriy etiş taklif qilinmoqda. Şu bilan birga, ölim jazosi eng oğir jazo çorasi sifatida Rossiyada rasman mavjud, biroq 1997 yilda unga muddatsiz moratoriy joriy etilgani sababli qöllanilmaydi.
Rossiyada 1996 yilda otib öldirilgan oxirgi jinoyatçi “Fişer” taxallusi bilan tanilgan seriyali qotil Sergey Golovkin bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq ötgan yili dunyoda ölim jazosi ijrolari soni Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti bunday statistikani yuritişni boşlagan 1981 yildan beri eng yuqori darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, 2025 yilda dunyoning 17 ta davlatida 2707 kişi qatl etilgan.