USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putin va Lukaşenko Ukraina uruşini muhokama qildi

112 марта
Путин ва Лукашенко Украина урушини муҳокама қилди

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko keça, 26 iyun kuni asosiy etibor Ukrainadagi uruş bilan boğliq masalalarga qaratilgan muzokara ötkazdi. Bu haqda Kreml xabar qildi.

Rossiyaning şimoli-ğarbida joylaşgan Valday qarorgohida bölib ötgan uçraşuvda savdo-iqtisodiy hamkorlik, qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilingan. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov TASS agentligiga muzokaralar yakunlari böyiça matbuot anjumani ötkazilmasligi va heç qanday hujjat imzolanmasligini bildirgan.

Uçraşuv Belarus va Ukraina örtasidagi munosabatlar yanada taranglaşgan bir paytda bölib ötgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikriça, Putin Lukaşenkoni Rossiyaga Ukrainadagi uruşda yanada faolroq yordam berişga undamoqda. Moskva va Minsk bu davoni rad etgan. Belarus rasmiylari esa aksinça, keskinlikni Ukraina va Ğarb davlatlari kuçaytirayotganini takidlagan.

Lukaşenko 25 iyun kuni Zelenskiy vakillari bilan uçraşganini malum qilib, ularni Belarusni uruşga tortişga urinmaslik haqida ogohlantirganini aytgandi. Kreml esa Ukraina Belarus suverenitetiga tahdid solayotganini iddao qilgan. Kreml 22 iyun kuni Putin va Lukaşenko Zelenskiyning uşbu bayonotlarini “yaqin kelajakda” muhokama qilişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ğarb davlatlari olib borayotgan siyosatni qattiq tanqid qilib, Yevropani boşqa davlatlarning içki masalalariga aralaşganlikda ayblagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: