USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya va Ukraina “160 ga 160” formatda asir almaşdi

71 марта
Россия ва Украина “160 га 160” форматда асир алмашди

Keça, 26 iyun kuni Rossiya va Ukraina 160 nafardan harbiy asirlarni özaro almaşdi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi almaşinuv jarayoni Birlaşgan Arab Amirliklari vositaçiligida amalga oşirilganini malum qilgan.

“Biz ukrainaliklarni Rossiya asirligidan qaytarişda davom etmoqdamiz. Bugun 160 nafar harbiy xizmatçi ozod qilindi”, deb yozgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Uning qöşimça qilişiça, ozod etilganlarning barçasi 2022 yildan buyon asirlikda saqlanayotgan bölgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ham asirlar almaşinuvi bölib ötganini tasdiqlab, öz tomoniga 160 nafar rossiyalik harbiy qaytarilganini malum qilgan.

“Qaytarilgan rossiyalik harbiy xizmatçilar ayni paytda Belarus Respublikasida bölib turibdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan buyon harbiy asirlar va halok bölgan askarlarning jasadlarini almaşiş Moskva hamda Kiyev örtasidagi hamkorlik saqlanib qolgan kam sonli yönalişlardan biri bölib kelmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Rossiya va Ukraina “185 ga 185” formulasi böyiça asirlarni almaşgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: