USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Venesuelada zilzila sodir bölgan ştatga kiriş çeklab qöyildi

79 марта
Венесуэлада зилзила содир бўлган штатга кириш чеклаб қўйилди

Bugun, 27 iyun kuni zilzilalardan eng köp jabr körgan Venesuelaning La-Guayra ştatiga kiriş çeklandi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vaziri Diosdado Kabelo malum qildi.

“La-Guayra ştatiga kiriş çeklangan... Tegişli vazifasi bölmagan şaxslarning kirişini oldini oliş maqsadida rasmiylar yönaliş böyiça qarorlar qabul qiladi”, deydi Kabelo.

Bir qator mamlakatlar Venesuelaga qutqaruvçilar va gumanitar yordam jönatdi. AQŞ logistik kömak körsatiş uçun harbiy bölinmalarini safarbar qildi. Braziliya 36 nafar mutaxassis va dala şifoxonasi bölgan harbiy-transport samolyotini jönatmoqda. Ekvador, Salvador, Meksika, Çili, Kolumbiya, Kuba va boşqa davlatlar ham yordam berişga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 iyun kuni keçqurun Venesuelada ikkita kuçli yer silkinişi sodir bölgandi. AQŞ Geologiya xizmati baholaşiga köra, birinçisining magnitudasi 7,2 ni, ikkinçisiniki esa 7,5 ni taşkil etgan.

Venesuela rasmiylarining sönggi malumotlariga köra, halok bölganlar soni 920 nafarga yetgan. Köplab turarjoy binolari vayron bölgan, infratuzilma va şifoxonalarga şikast yetgan, mamlakatning boş aeroporti yopilgan. Kuçli zilzilalardan keyin eng jiddiy vayronagarçiliklar qidiruv-qutqaruv işlari davom etayotgan La-Guayra ştatiga töğri keldi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: