SI ikki ming yillik qölyozmani öqişga yordam berdi
Olimlar suniy intelekt yordamida taxminan 2000 yil avval Vezuviy vulqoni otilişi oqibatida kuyib ketgan qadimiy papirus öramini virtual tarzda oçib, undagi matnni öqişga muvaffaq böldi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.
Tadqiqotçilar PHerc 1667 deb nomlangan qölyozma içidagi 20 ta ustundan iborat, ilgari nomalum bölgan matnni tiklagan. Tiklangan matn bir metrdan ortiq papirus öramining saqlanib qolgan qismiga tegişli. Topilgan matn stoik falsafasiga oid bölib, unda etika, sanat va inson xulq-atvori haqidagi mavzular yoritilgan. Mutaxassislar u miloddan avvalgi II yoki III asr oxirlariga tegişli bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Mazkur qölyozma qadimgi Herkulaneum şahridagi haşamatli villa kutubxonasidan topilgan hujjatlarga kiradi. Bu şahar ham Pompey singari milodiy 79 yilda Vezuviy vulqoni otilişi oqibatida vayron bölgan. Qölyozmani oçişga qaratilgan avvalgi urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan va uning taşqi qatlamlari yemirilib ketgan. Hozirda uning taxminan 8 sm balandlik va 2 sm kenglikdagi qismigina saqlanib qolgan.
Neapol Federiko II universitetining olimasi doktor Federika Nikolardi uşbu yutuqni muhim ilmiy natija sifatida baholab, zamonaviy texnologiyalar yordamida bu kabi obektlarni töliq oçiş imkoniyati paydo bölganini takidlagan.
Mazkur natija Neapolda ötkazilgan konferentsiyada elon qilinişi rejalaştirilgan bölib, u 2023 yilda boşlangan Vesuvius Çallenge loyihasining navbatdagi yutuği hisoblanadi. Uşbu xalqaro tanlov qadimiy Hersulaneum papiruslarini suniy intellekt hamda zamonaviy dasturiy yeçimlar orqali öqişga qaratilgan. Loyiha davomida iştirokçilarga rentgen tasvirlaridan foydalanib, kuygan qölyozmalarni virtual oçiş va matnni tiklaş böyiça bir neça yuz ming dollarlik mukofotlar berilgan.
Hersulaneum kutubxonasidagi qölyozmalarning aksariyati gadaralik epikurçi faylasuf Filodem asarlariga tegişli. Biroq PHerc 1667ning muallifi ham, nomi ham hozirça aniqlanmagan. Biroq uning yoşi va mazmuni boşqa muallifga işora qilmoqda.
Nikolardi va uning jamoasi tahliliga köra, matn stoik falsafasiga oid risola hisoblanadi. Tadqiqotçilar uni maşhur faylasuf Xrisipp qalamiga mansub bölişi ehtimolini ham ilgari surmoqda. Matnda uning şogirdi va qarindoşi Aristokreon haqida ham eslatma uçraydi. Olimaning qayd etişiça, agar bu qölyozma Hersulaneumdan taşqarida topilganida, uni aniq stoik asar sifatida tasniflaş mumkin bölardi.
Tadqiqotlar Brent Seals işlanmalari asosida rivojlangan. Uning yondaşuvi böyiça suniy intellekt rentgen tasvirlarida papirus tolalaridagi juda nozik farqlar orqali yaşirin siyoh izlarini aniqlaşga örgatilgan. Mazkur texnologiya kuygan qölyozmalarni virtual tarzda “oçiş” imkonini bergan.
Risolada stoik falsafasining asosiy tuşunçalari impuls va amaliy donişmandlik haqida fikrlar bayon etilgan. Unda inson öz xatti-harakatini aql bilan boşqara olmasa, bu uni maqsaddan çalğituvçi ehtiroslarga olib kelişi mumkinligi haqida ogohlantirişlar bor. Bir parçada esa aql va inson tabiatiga mos yaşaş bilimga erişişda muhim omil ekani aytiladi.
Şuningdek, yana bir papirus öramida “Filodem, Xudolar haqida, 8-kitob” degan yozuv aniqlanib, ilgari “Xudolar haqida” asari faqat bitta kitobdan iborat deb hisoblangan bölsa, endi uning köp jildli asar ekani malum böldi.
Olimlar fikriça, bu kabi topilmalar kuygan papiruslar “ölik kitoblar” emasligini, aksinça, zamonaviy texnologiyalar tufayli yana “sözlay” boşlagan qadimiy bilim manbai ekanini körsatadi.
Eslatib ötamiz, tadqiqotçilar suniy intellekt yordamida 400 yildan buyon öqilmagan “Borg cipher” qölyozmasini qisman yeçib, undagi qadimiy tibbiy tavsiyalarni aniqlaşga muvaffaq bölgandi.
Mumtozbegim Abdumöminova