USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Meksikada “Betmen” paydo böldi: u öğrilarni ustunga boğlab ketyapti

96 марта
Мексикада “Бэтмен” пайдо бўлди: у ўғриларни устунга боғлаб кетяпти

Meksikaning Xalisko ştatida politsiya ijtimoiy tarmoqlarda “Meksikalik Betmen” deb nom olgan nomalum şaxsni qidirmoqda. Tergov malumotlariga köra, niqobli şaxs mototsikl öğriligida gumon qilinayotganlarni kuzatib borib, ularni kaltaklamoqda va skotç bilan köça ustunlariga boğlab ketmoqda. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Qayd etilişiça, uşbu ğayrioddiy voqea Lagos-de-Moreno munitsipalitetida sodir bölmoqda. Dastlabki holatlar joriy yil 13 iyunda qayd etilgan bölsa, keyingi ön kun içida politsiya yana kamida beşta şunga öxşaş voqeani röyxatga olgan.

Barça holatlarda erkaklar mustahkam skotç bilan çiroq ustunlariga boğlab taşlangan holda topilgan. Ularning yonida öğirlangan bölişi mumkin deb taxmin qilinayotgan mototsikllar ham qoldirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarda köriş mumkinki, ayrim qölga olinganlarning yuziga möylov va muşuk tuklari çizib qöyilgan, peşonasiga esa ispan tilidan tarjima qilinganda “öğri” manosini anglatuvçi “ratero” sözi yozilgan. Holatlardan birida ikki erkak töq puşti rangli yöl belgisi ostiga orqasi bilan bir-biriga boğlab ketilgan. Mahalliy OAV malumotlariga köra, nomalum şaxs faqat tunda harakat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ustunga boğlanganlar köpçilik tomonidan jinoyatçi deb atalayotgan bölsa-da, politsiya ularni birinçi navbatda hujum qurbonlari (jabrlanuvçilar) sifatida körib çiqmoqda.

Xalisko ştati jamoat xavfsizligi kotibi Xuan Pablo Ernandesning malum qilişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari uşbu hodisalarga aloqador bölişi mumkin bölgan ikkita avtomobilni aniqlaşga ulgurgan.

“Biz uşbu hujumlarga aloqador şaxsni faol ravişda qidirmoqdamiz”, deydi Xuan Pablo Ernandes.

Şuningdek, tergov uşbu işlarni bir kişi amalga oşiryaptimi yoki bu yerda butun bir guruh harakat qilyaptimi, degan masalaga aniqlik kiritmoqda.

Erkaklar topilganidan keyin politsiyaçilar tomonidan ozod qilingan. Olgan jarohatlari tufayli ularning barçasiga tibbiy yordam körsatilgan. Şu bilan birga, rasmiylar hozirça jabrlanuvçilarning özlariga nisbatan mototsikl öğriligi gumoni böyiça alohida tergov olib borilayotgani yoki yöqligiga aniqlik kiritmagan.

Uşbu ğayrioddiy holatlar seriyasi Lagos-de-Morenoda mototsikl öğriligi köpaygan bir paytda yuz bergan. Bu esa mahalliy aholi örtasida norozilikni oşirib, mavzuning internetda keng muhokama qilinişiga sabab bölgan.

Video va fotosuratlar TikTok, X va Instagram’da tez tarqalmoqda. Köplab tarmoq foydalanuvçilari nomalum şaxsning harakatlarini qöllab-quvvatlab, u tizim jinoyatçilikka qarşi kuraşa olmay qolgan joyda adolat örnatmoqda, deb hisoblamoqda.

Biroq bu işni tanqid qilganlar ham topilgan. Inson huquqlari himoyaçilari özboşimçalik bilan sud qiliş (samosud) zöravonlikning yanada avj olişiga olib kelişi va jabrlanganlar haqiqatan ham jinoyat sodir etgan bölişidan qati nazar, adliya tizimi obrösiga putur yetkazişidan ogohlantirmoqda.

Hozirgi vaqtda politsiya tergov harakatlarini davom ettirmoqda va voqeaning barça tafsilotlarini aniqlamoqda.

Malumot uçun, Betmen – dunyodagi eng maşhur va sevimli superqahramonlardan biri bölib, u ilk bor 1939 yilda AQŞning DC Comics naşriyoti komikslarida paydo bölgan. Uning obrazi rassom Bob Keyn va yozuvçi Bill Finger tomonidan yaratilgan.

Erta yetim qolgan va ulkan boylik vorisiga aylangan milliarder Bryus Ueyn uşbu niqob ortiga yaşirinadi. Bolaligida ota-onasi jinoyatçilar qölida halok bölganiga guvoh bölgan Bryus butun hayotini jinoyatçilikka qarşi kuraşişga bağişlaydi. U özi yaşaydigan, jinoyat botqoğiga botgan xayoliy Gotem şahrini himoya qiliş uçun körşapalak timsolidan foydalanib, “Betmen” obraziga kiradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: