Moskvada 33 yoşli markaziy osiyolik ayol vahşiylarça öldirildi
20-05-2026, 15:39
858 марта

Moskvada 33 yoşli markaziy osiyolik ayol vahşiylarça öldirildi
Rossiya Tergov qömitasining Moskva şahri böyiça boşqarmasi Qirğiziston fuqarosi, 33 yoşli Aygerim ismli ayolning vahşiylarça öldirilişi yuzasidan tergov olib bormoqda. Uning qarindoşlari Lyublinskaya köçasidagi ijaraga olingan xonadondagi divan içidan ayolning zöravonlik alomatlari bölgan jasadini topgan. Bu haqda MK xabar berdi.Malum bölişiça, ayol Moskvadagi şifoxonalardan birida farroş bölib işlagan va ikki nafar vatandoşi bilan birga ikki xonali xonadonda ijarada yaşagan. Ayol joriy yilning 8 may kuni aloqaga çiqmay qolgan. Kuzatuv kameralari uning soat 21:00 atrofida öz podezdiga kirganini qayd etgan, şundan söng u izsiz ğoyib bölgan.
Yöqolgan ayolning singlisi 12 may kuni u yaşagan manzilga borgan. Öşa paytda uyda ijaraçilardan biri bölgan. Qarindoş ayol xonadonni közdan keçirgan, biroq şubhali heç narsa sezmagan.
Oila azolari 18 may kuni yana öşa xonadonga borgan. Közdan keçiriş davomida yaqinlari divanning içki (çoyşablar saqlanadigan) qismidan jasadni topgan. Jinoyatçilar qurbonni polietilen paketlarga örab, skotç bilan boğlab taşlagan. Sud-tibbiy ekspertlari marhumaning böynida kesilgan jarohat va qöl kaftlarida şikastlanişlar borligini qayd etgan. Qöldagi jarohatlar ayol hujumçilardan qattiq himoyalanganidan dalolat beradi.
Politsiya xodimlari jinoyat joyidan uçta piçoq (ularning ikkitasida qon izlari topilgan), qayçi, skotç rulonlari va yotoq anjomlarini aşyoviy dalil sifatida olgan.
Huquq-tartibot idoralari marhumaning 31 yoşli qöşnisini (birga yaşagan ijaraçini) darhol hibsga olgan. Ikkinçi ijaraçi, 30 yoşli Qirğiziston fuqarosi esa 11 va 12 may oraliğida xonadonni şoşilinç tarzda tark etgan. Tergovning dastlabki malumotlariga köra, uşbu erkak Qozoğistonga qoçib ketgan.
Tergovçilar Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat işi qözğatgan va fojianing barça tafsilotlarini örganişda davom etmoqda.