Braziliya Venesueladagi vayron bölgan infratuzilmani tiklaşga yordam beradi
Braziliya hukumati zilzila oqibatida katta zarar körgan Venesuela infratuzilmasini qayta tiklaş işlarida iştirok etiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “Brasil 247” naşri xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, Braziliya mudofaa vaziri Joze Musio Monteyro Karakasga taşrifi çoğida ikki davlat örtasida ofat oqibatlarini bartaraf etiş böyiça uzoq muddatli hamkorlikni kuçaytiriş muhimligini takidlagan.
“Biz yana qanday yordam bera olişimizni örganişimiz kerak. Bundan buyon Braziliya va Venesuela birgalikda harakat qiladi”, degan vazir Venesuela rasmiylari bilan uçraşuvdan söng.
Şuningdek, u Braziliya moliya institutlari vakillari ham Venesuelada uzoq muddatli tiklaniş loyihalarida qanday iştirok etiş mumkinligini baholaş uçun mamlakatga kelganini malum qildi.
Naşr takidlaşiça, Braziliya Venesuela şaharlarini qayta quriş rejalarini işlab çiqişda 2023 yilda Riu-Grandi-du-Sul ştatida yuz bergan yirik suv toşqinlari oqibatlarini bartaraf etiş tajribasidan foydalanmoqçi.
Bundan taşqari, Braziliya moliya institutlari Venesuela infratuzilmasini tiklaş loyihalarini istiqbolli deb hisoblamoqda. Bu borada mamlakat 1999–2013 yillarda Ugo Çaves prezidentligi davrida Venesuelada amalga oşirilgan uy-joy qurilişi loyihalari böyiça ham muayyan tajribaga ega.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hamda uning prezidenti Florentino Peres Venesuelada sodir bölgan kuçli zilzilalar oqibatida jabrlanganlarga yordam körsatiş uçun jami 2 million yevro xayriya qilişi haqida xabar berilgandi.