Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2000 ga yaqinlaşdi
Ötgan hafta Venesuelada magnitudasi 7,2 va 7,5 bölgan ikki kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 1943 nafarga yetdi. Bu haqda BBS xabar qildi.
Malum qilişiça, mamlakatda ön minglab odamlar oziq-ovqat va vaqtinçalik boşpanaga muhtoj. 10 mingdan ortiq kişi jarohat olgan, yana minglab odamlar bedarak deb hisoblanmoqda. NASA suniy yöldoş malumotlariga asoslangan dastlabki baholaşga köra, tabiiy ofat natijasida taxminan 58 870 ta bino zararlangan yoki butunlay vayron bölgan.
Qayd etilişiça, La-Guayra zilziladan eng köp jabr körgan hududlardan biri bölib, mahalliy aholi qutqaruv işlarini öz kuçi bilan davom ettirişga harakat qilmoqda. BMTning Qoçqinlar böyiça oliy komissari boşqarmasi (UNHCR) malumotiga köra, hududda oziq-ovqat taqçilligi keng tarqalgan, asosiy kommunal xizmatlar işdan çiqqan va aloqa tizimlari deyarli uzilgan.
“Yordamdan foydalaniş çeklangani sababli jamoalar örtasidagi keskinlik kuçaymoqda”, deyiladi taşkilot bayonotida.
La-Guayrada yaşovçi 18 yoşli sotuvçi Daniela Armas AFP agentligiga bazi yordamlar tarqatilayotganini, ammo oziq-ovqat uçun odamlar örtasida qattiq tortişuvlar yuzaga kelayotganini aytgan. UNHCR kelgusi olti oy davomida zilziladan jabrlangan 30 ming nafar aholini himoya qiliş, birinçi navbatdagi yordam vositalari va vaqtinçalik boşpana bilan taminlaş uçun dastlabki bosqiçda 15 million dollar zarurligini bildirgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) esa mamlakat soğliqni saqlaş tizimi “öta kuçli bosim” ostida işlayotganini malum qilgan. Taşkilot vakili Kristian Lindmayerning sözlariga köra, emlaş darajasi pastligi tufayli qizamiq va difteriya kabi vaktsina orqali oldi olinadigan kasalliklar tarqalişi xavfi ham oşib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuelada sodir bölgan ikki kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni qariyb 1500 nafarga yetgani xabar qilingan edi.