Venesuelada zilzila qurbonlari soni qariyb 1500 nafarga yetdi
Venesuelada hafta örtasida sodir bölgan ikki kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni qariyb 1500 nafarga yetdi. Bu haqda “Reuters” bugun, 29 iyun kuni xabar qildi.
Malum qilinişiça, 24 iyun kuni yuz bergan ikki kuçli zilziladan eng köp zarar körgan La-Guayra ştatiga xorijiy qutqaruv guruhlari yetib borgan. Uzoq yillardan buyon siyosiy va iqtisodiy inqirozni boşdan keçirayotgan mamlakatda önlab binolar qum va vayronalarga aylanib ketgan. Vaqtinçalik Prezident Delsi Rodriges qutqaruv işlari töxtatilmasligini malum qilgan.
“Qutqaruv va tiklaş işlari davom etmoqda. Bugun ham tirik qolgan odamlar qutqarildi. Şuning uçun operatsiyalar töxtatilmaydi. Biz har doim umidni saqlab qolamiz”, degan u.
Rodriges, şuningdek, binolarning yaşaş uçun yaroqliligini baholaydigan prezident komissiyasi taşkil etilganini bildirgan. Uning aytişiça, maktablarda darslar yana bir haftaga töxtatilgan, La-Guayrada esa elektr taminotining 75 foizi qayta tiklangan.
Milliy assambleya prezidenti Xorxe Rodrigesning malum qilişiça, 28 iyun kuni qurbonlar soni yana 20 nafarga oşib, 1450 nafarga yetgan. Uning sözlariga köra, 3150 nafar kişi jarohat olgan, 12 721 nafar aholi boşpanasiz qolgan, 774 ta bino esa qulab tuşgan.
“Biz hayotlarni saqlab qoliş va uyidan ayrilgan odamlar uçun vaqtinçalik lagerlar taşkil etiş borasida hal qiluvçi bosqiçdamiz”, degan u.
Qayd etilişiça, xorijdan 2600 nafardan ziyod qutqaruvçi kelguniga qadar mahalliy aholi va köngillilar bir neça kun davomida vayronalar orasidan tirik qolganlar va halok bölganlarni qidirgan. Ular oğir texnikaning yetişmasligi hamda rasmiy xizmatlarning çeklangan iştirokidan şikoyat qilgan.
Hukumat malumotiga köra, hafta oxiriga qadar kamida 33 nafar odam, jumladan bir neçta bola tirik holda qutqarilgan. Biroq ön minglab odamlarning taqdiri hanuz nomalum. Muxolifat qöllab-quvvatlayotgan maxsus internet platformasida 28 iyun kuni qariyb 50 ming kişi bedarak yöqolganlar röyxatida qayd etilgan. Bir kun avval bu körsatkiç 55 ming nafarni taşkil etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuelada sodir bölgan zilzila qurbonlari soni 1 ming 400 nafarga yetgani, 3 mingdan ortiq kişi jarohatlangani xabar qilingan edi.