Janubiy Afrikada migrantlarga qarşi namoyişlar ötkazildi
Keça, 30 iyun kuni Janubiy Afrikada noqonuniy muhojirlar mamlakatni tark etişi uçun belgilangan muddat tugagani sababli mamlakatning turli şaharlarida migrantlarga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Namoyişçilar mamlakat bayroqlarini kötarib, ananaviy yoğoç, tayoq va qurollar bilan şahar köçalarida yuriş qilgan. Ular noqonuniy muhojirlarni Afrikani tark etişga çaqirgan.
Sönggi oylarda kuçaygan migrantlarga qarşi kayfiyat fonida minglab xorijliklar belgilangan muddatdan oldin mamlakatni tark etgan. Yangi tartibsizliklar xavfi sababli köplab dökonlar yopilgan, xorijliklar esa işga çiqmagan.
Namoyişlarni taşkil etgan “Març and Març” harakati rahbari Jasinta Ngobesening aytişiça, noqonuniy muhojirlar mamlakatdan çiqarilmagunça har hafta norozilik namoyişlari ötkaziladi. Namoyişçilar xorijliklarni mahalliy aholining iş örinlarini egallab olayotgani va davlat resurslariga bosim ötkazayotganini davo qilmoqda.
Yoxannesburg yaqinidagi Tembisa tumanida namoyişçilar politsiya va muhojir deb gumon qilingan şaxslarga toş otgan, şahar markazi yaqinida öq ovozlari eşitilgan. Benoni hududida politsiya yuzlab namoyişçilarni tarqatiş uçun maxsus texnika va öqotar qurollardan ogohlantiriş sifatida foydalangan. Sovetoda xorijliklarga tegişli uylar talon-toroj qilingan. Pitermaritsburg şahrida esa politsiya namoyişçilarni tarqatiş uçun rezina öqlardan foydalangan.
“Reuters” malumotlariga köra, hozirgaça kamida 4 kişi halok bölgan, minglab xorijliklar uylarini tark etişga majbur bölgan. Mart oyidan buyon xorijliklarga qarşi noqonuniy harakatlar yuzasidan 103 ta jinoyat işi qözğatilgan.
Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosa fuqarolarning noqonuniy immigratsiya borasidagi xavotirlari asosli ekanini bildirgan. Şu bilan birga, u norozilik namoyişlari tahdid, zöravonlik va vandalizmga aylanmasligi kerakligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq sudanlik migrant Britaniyaning Belfast şahrida 40 yoşli erkakka piçoq bilan hujum qilganidan söng, mamlakatning turli hududlarida mahalliy aholining ommaviy norozilik namoyişlari boşlanib ketgan edi.