USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda Qurultoyga saylovlar sanasi elon qilindi

127 марта
Қозоғистонда Қурултойга сайловлар санаси эълон қилинди

Qozoğistonning yangi bir palatali parlamenti – Qurultoyga saylovlar joriy yilning 23 avgust kuniga belgilandi. Bu haqdagi tegişli farmonni bugun, 1 iyul kuni mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev imzoladi.

Qayd etilişiça, bugun, 1 iyuldan Qozoğistonda joriy yil 15 mart kuni bölib ötgan respublika referendumida qabul qilingan yangi Konstitutsiya rasman kuçga kirgan. Natijada bugundan boşlab parlamentning har ikki palati – Majlis va Senat öz faoliyatini töxtatgan. Şu sababli bir oy muddat içida Prezident yangi bir palatali parlament – Qurultoyga saylovlarni elon qilişi, ularni esa ikki oy içida ötkazişi kerak edi.

Töqayev parlament islohoti haqida 2025 yil sentyabr oyida Qozoğiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasida elon qilgan edi. Öşanda parlament bir palatali bölişi, Senat va Majlis esa tugatilişi malum qilingandi. Konstitutsiyaga qöşimça özgartirişlar tayyorlaşi kerak bölgan işçi guruhi tuzildi. 

15 mart kuni bölib ötgan referendumda ovoz bergan fuqarolarning 87,15 foizi uşbu özgartirişlarni qöllab-quvvatladi.

Eslatib ötamiz, 29 iyun kuni Qozoğistonning sakkizinçi çaqiriq deputatlaridan iborat ikki palatali parlamenti rasman öz faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: