USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğistonda 2 palatali parlament rasman öz işini tugatdi

100 марта
Қозоғистонда 2 палатали парламент расман ўз ишини тугатди

Keça, 29 iyun kuni Qozoğistonning sakkizinçi çaqiriq deputatlaridan iborat ikki palatali parlamenti rasman öz faoliyatini yakunladi. Ertaga, 1 iyuldan boşlab mamlakatda yangi Konstitutsiya kuçga kiradi, unga köra yaqin orada yangi qonun çiqaruvçi organ – Qurultoyga saylovlar bölib ötişi kerak. Bu haqda “24.kz” xabar berdi.

“Deputatlar korpusi nomidan bugungi qöşma majlisda şaxsan iştirok etganingiz, parlament faoliyatini doimiy ravişda qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizga minnatdorlik bildirişga ruxsat bergaysiz. Şu bilan Qozoğiston Respublikasi sakkizinçi çaqiriq parlamentining törtinçi sessiyasi yopiq deb elon qilinadi”, deydi Majlis spikeri Yerlan Qoşanov Prezident Töqayevga yuzlanib.

Prezident Majlis va senat deputatlari tomonidan amalga oşirilgan işlarning ahamiyati va muhimligini qayd etgan.

“Sakkizinçi çaqiriq deputatlari hukumat nomiga 2 mingdan ortiq sörov yuborişdi, şuningdek, 31 ta hukumat soati va 9 ta parlament eşituvi ötkazildi. Ikkala palata qömitalari faol va samarali iş olib bordilar”, deydi Töqayev.

U bir palatali tizimga – Qurultoyga ötilgandan söng qonun çiqaruvçi organ qömitalari ham “davlat siyosatining ustuvor yönalişlariga tayangan holda” şakllantirilişi maqsadga muvofiq bölişini qayd etgan.

Töqayevning aytişiça, ötgan yillar davomida deputatlar korpusi fuqarolar bilan oçiq va samarali aloqa tizimini şakllantirgan. Deputatlar muntazam ravişda hududlarga borib, aholi bilan uçraşuvlar ötkazgan. Umuman olganda esa, parlament “umumiy manfaatlar yölida obröli olimlar, vazmin ekspertlar va jamoat faollarini birlaştiruvçi markazga aylangan”.

“Qurultoy oliy qonun çiqaruvçi organ sifatida barça yönalişlarda izçillikni, institutsional barqarorlikni, ananalarning saqlanib qolişini va parlamentning öziga xos madaniyati şakllanişini taminlaşi kerak”, deydi Qozoğiston rahbari.

Uning sözlariga köra, yangi parlamentning boş maqsadi “hamma uçun teng imkoniyatlar taqdim etadigan adolatli Qozoğistonni barpo etiş” böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qozoğiston Prezidenti yangi Konstitutsiyada nazarda tutilgan bir palatali parlament Qurultoy deb atalişini aytgan edi. Yangi Konstitutsiyaga köra, Qurultoy konstitutsiyaviy va boşqa qonunlarni qabul qiladi, saylovlarni elon qiladi, uruş va tinçlik masalalarini hal qiladi hamda boşqa vakolatlarga ega böladi. Uning tarkibiga 145 nafar deputat kiradi. Joriy yilning 15 mart kuni Qozoğistonda referendum bölib ötdi va uning yakunlariga köra yangi Asosiy qonun qabul qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: