USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğiston buğdoy importini taqiqlamoqçi

142 марта
Қозоғистон буғдой импортини тақиқламоқчи

Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi buğdoyni mamlakatga avtomobil, suv va temir yöl transporti orqali olib kirişni olti oyga taqiqlaş töğrisidagi buyruq loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi. Tegişli buyruq loyihasi oçiq portalga joylaştirildi.

Hujjatda uçinçi davlatlardan, şuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlaridan avtomobil, suv va temir yöl transporti orqali buğdoy import qilinişiga olti oylik taqiq joriy etiş közda tutilgan.

Şu bilan birga, loyihada bir qator istisnolar ham belgilangan. Çeklov parrandaçilik va donni qayta işlaş korxonalari, litsenziyaga ega elevatorlar, şuningdek, “Milliy kompaniya “Oziq-ovqat şartnomaviy korporatsiyasi” AJ manziliga temir yöl transporti orqali yetkazib beriladigan buğdoy hajmiga daxl qilmaydi.

Vazirlikning aniqlik kiritişiça, uşbu korxonalar uçun olib kirilgan buğdoy içki va taşqi bozorlarda qayta sotilişi mumkin emas. Bundan taşqari, taqiq Qozoğiston hududi orqali ötadigan temir yöl tranzitiga, şuningdek, agar yönaliş respublika hududidan ötsa, YeOII davlatlari örtasidagi taşinuvga taalluqli bölmaydi.

Qayd etilişiça, uşbu taşabbus mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş va mahsulot sotilişining barqarorligini taminlaşga qaratilgan. Hujjatni tayyorlaşga Taşqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy taşkilotlarda iştirok etiş masalalari böyiça idoralararo komissiyaning 2026 yil 26 iyundagi 129-sonli bayonnomasi asos bölgan.

Qişloq xöjaligi vazirligi, şuningdek, uşbu buyruq qabul qilingan taqdirda, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy oqibatlar kutilmasligini malum qilgan.

Eslatib ötamiz, Qozoğiston 2024 yilning avgustidan dekabrigaça ham buğdoy importini taqiqlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: