USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“75 lar xati”. Sobiq spiker prokurorlarning sörovini bemanilik deb atadi

95 марта
“75 лар хати”. Собиқ спикер прокурорларнинг сўровини бемаънилик деб атади

Bişkekning Birinçi may tuman sudida “75 lar xati” böyiça jinoyat işini körib çiqiş davom etmoqda. Ötgan sud majlisida ayblov tomoni barça ayblanuvçilarga töqqiz yildan qamoq jazosi berişni söragan edi. Bugun, 2 iyul kuni böladigan sud jarayoni oldidan Jogorku Keneşning sobiq törağasi (spikeri) Nurlanbek Turğunbek öğli prokuraturaning uşbu sörovini bemanilik deb atadi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Qayd etilişiça, işning boşqa bir figuranti – sobiq boş prokuror Qurmanqul Zuluşev jurnalistlarning savollariga javob berişni istamagan. Milliy xavfsizlik davlat qömitasining (MXDQ) sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev esa sud binosiga avtomobilda yetib borgan.

Bugun tomonlarning muzokaralari davom etadi. Şundan söng ayblanuvçilar sönggi sözlarini aytadi va sud hukm çiqaradi.

Mazkur iş böyiça taniqli siyosatçilar ayblanuvçi sifatida iştirok etmoqda: MXDQ sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev, Jogorku Keneş sobiq törağasi Nurlanbek Turğunbek öğli, sobiq boş prokuror Qurmankul Zuluşev. Ular hozirda uy qamoğida saqlanmoqda.

Şuningdek, gumonlanuvçilar orasida Prezidentga muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş töğrisida yöllangan murojaatga imzo çekkan beş kişi bor: Bekbolot Talğarbekov, Qursan Asanov, Qurmanbek Diyqanbayev, Aali Qaraşev va Emil Uzoqboyev – ularning barçasi qamoqda saqlanmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 fevral kuni internet makonida Prezident Sadir Japarov va öşa paytdagi Jogorku Keneş spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli nomiga mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş sörovi bitilgan jamoaviy murojaat paydo bölgan edi. Xatni 75 nafar turli jamoat va siyosat arboblari imzolagan. Oradan heç qança ötmay, 10 fevral kuniyoq Qamçibek Taşiyev MXDQ raisi lavozimidan mahrum böldi. Sadir Japarov uning istefosini izohlar ekan, jamiyatda tarqoqlik va bölinişga yöl qöymaslik maqsadida şunday qarorga kelganini aytgan edi. 

Aprel oyida Qamçibek Taşiyev va bir qator taniqli siyosatçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani malum böldi. Ularning barçasi hokimiyatni zörlik bilan egallaşga tayyorgarlik körişda ayblanmoqda.

Taşiyev istefosi

Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.

Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi. 

2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.

Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.

Japarov va Taşiyev tandemi

Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.

Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.

2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.

Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.

Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: