“75 lar xati”. Qamçibek Taşiyev va boşqalarga hukm öqildi
Bugun, 2 iyul kuni Bişkekning Birinçi may tuman sudi “75 lar xati” deb nomlangan şov-şuvli jinoyat işi böyiça hukm çiqardi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Iş figurantlari orasida sobiq yuqori lavozimli amaldorlar va siyosatçilar bor.
Sud muhokamasi yopiq tartibda ötgan bölsa-da, hukm ommaviy ravişda elon qilindi. Uni raislik qiluvçi sudya Aziret Mederov öqib eşittirdi.
“24.kg” muxbirining sud zalidan xabar berişiça, işning barça figurantlari aybdor deb topilgan va mol-mulki musodara qilingan holda tört yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mazkur iş böyiça quyidagilarga hukm öqildi:
- Qamçibek Taşiyev – mol-mulki musodara qilingan holda tört yilga ozodlikdan mahrum qiliş;
- Qurmankul Zuluşev – mol-mulki musodara qilingan holda tört yilga ozodlikdan mahrum qiliş;
- Nurlanbek Turğunbek öğli – mol-mulki musodara qilingan holda tört yilga ozodlikdan mahrum qiliş;
- Bekbolot Talğarbekov, Aali Karaşev, Emil Uzoqboyev, Qursan Asanov va Kurmanbek Diykanbayev esa aybsiz deb topildi.
Avvalroq davlat ayblovçisi iş figurantlarini aybdor deb topib, ularning har biriga töqqiz yildan ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlaşni söragan edi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 fevral kuni internet makonida Prezident Sadir Japarov va öşa paytdagi Jogorku Keneş spikeri Nurlanbek Turğunbek öğli nomiga mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkaziş sörovi bitilgan jamoaviy murojaat paydo bölgan edi. Xatni 75 nafar turli jamoat va siyosat arboblari imzolagan. Oradan heç qança ötmay, 10 fevral kuniyoq Qamçibek Taşiyev MXDQ raisi lavozimidan mahrum böldi. Sadir Japarov uning istefosini izohlar ekan, jamiyatda tarqoqlik va bölinişga yöl qöymaslik maqsadida şunday qarorga kelganini aytgan edi. Aprel oyida Qamçibek Taşiyev va bir qator taniqli siyosatçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani malum böldi.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.