USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Meksikada jurnalist öğirlanib, yoqib yuborildi

136 марта
Мексикада журналист ўғирланиб, ёқиб юборилди

Jurnalistlar uçun dunyodagi eng xavfli davlatlardan biri hisoblangan Meksikaning şarqidagi Verakrus ştatida öğirlab ketilgan jurnalist Roksana Gusmanning qoldiqlari topildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bu qotillik Meksikada matbuot erkinligi bilan boğliq vaziyatga yana bir bor jiddiy etibor qaratgan. Joriy yilning 2 iyun kuni qurollangan va niqobli şaxslar jinoyatlar haqida xabar beruvçi “Pulso Informativo del Sureste” naşri rahbari bölgan Gusmanning uyiga bostirib kirib, öğirlab ketilgan.

Mahalliy OAV malumotlariga köra, jinoyatçilar jurnalistni öldirgaç, uning jasadini yonilği töldirilgan boçkalarda yoqib yuborişga uringan. Keyinçalik huquqni muhofaza qiluvçi organlar hovlidan suyak qoldiqlarini topgan.

“Sud-tibbiy ekspertizasi yakunlandi va tekşiruv davomida topilgan qoldiqlar jurnalistga tegişli ekani ilmiy jihatdan tasdiqlandi”, deyilgan Verakrus ştati prokuraturasi bayonotida.

Huquq-tartibot idoralarining malum qilişiça, jurnalistning öğirlanişi va öldirilişi yuzasidan sakkiz kişi hibsga olingan. Ular orasida Işuatlan-del-Sureste munitsipalitetining tört nafar politsiya xodimi ham bor.

Prokuratura malumotiga köra, politsiyaçilar jinoiy guruhga resurs, oziq-ovqat va logistik yordam körsatganlikda gumon qilinmoqda.

“Article 19” huquqni himoya qiliş taşkiloti malumotlariga köra, joriy yilda kasbiy faoliyati bilan boğliq holda yana ikki nafar jurnalist öldirilgan. Taşkilot hisob-kitobiga köra, Klaudiya Şeynbaum 2024 yil oktyabrida prezidentlik lavozimiga kirişganidan beri mamlakatda 10 nafar jurnalist halok bölgan. Bu esa Meksikaning jurnalistlar uçun eng xavfli davlatlardan biri sifatidagi obrösini yana bir bor tasdiqlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining “Al Arabiya” telekanalining Yamanda faoliyat yuritgan muxbiri Muhammad Ayda avtomobilga örnatilgan bomba portlaşi oqibatida halok bölgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: