Yaponiyada dengiz reptiliyalarining nomalum turi topildi
Okayama fan universiteti va boşqa ilmiy muassasalarning tadqiqot guruhi 1990 yillarda Yaponiyada topilgan bör davriga oid reptiliya qoldiqlari ilgari örganilmagan yangi turga tegişli bölişi mumkinligini elon qildi. Uşbu qoldiqlar bundan 80-65 million yil avval yaşagan yirik dengiz reptiliyalari – mozazavrlar turiga mansub deb hisoblab kelinayotgan edi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, 1990-1992 yillarda Kaydzuka şahrida topilgan toş qotgan qoldiqlar Osaka prefekturasining Kisivada şahridagi Tabiat tarixi muzeyida saqlanib kelgan. Biroq qoldiqlarni örab turgan toğ jinslarini ajratib oladigan uskunalar yöqligi sababli, ular ustida çuqur tahlil ötkazilmagan. Sönggi yillarda butun dunyoda mozazavrlarni örganiş işlari sezilarli darajada oldinga siljidi.
Olimlar muzeydagi toş qotgan qoldiqlarni tozalaş va közdan keçirişga muvaffaq böldi. Ular yuqori jağning şu paytgaça heç qayerda uçramagan uç qismini aniqladi. Hayvonning uzunligi, ehtimol, 6 metr atrofida bölgan. Unda boşqa mozazavrlar qoldiqlariga xos bölgan qon tomirlari ötadigan ariqça mavjud bölmagan. “Kyodo”ning yozişiça, aynan mana şu malumotlar hayvonning yangi turi haqida dalolat beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uels qirğoqlarida dengiz tölqinlari bilan birga noodatiy yuzlab mayda, yorqin, kök rangli dengiz jonzotlari paydo bölgani haqida xabar berilgan edi.