USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sobiq amaldor $324 millionlik korruptsiya işi böyiça ölimga hukm qilindi

117 марта
Собиқ амалдор $324 миллионлик коррупция иши бўйича ўлимга ҳукм қилинди

Bugun, 6 iyul kuni Xitoy sudi mamlakat şarqidagi Nankin şahri sobiq yuqori lavozimli amaldori Yan Yulinni korruptsiya, mansab vakolatini suiistemol qiliş, pul yuviş va boşqa jinoyatlar böyiça aybdor deb topib, ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tszyansu viloyatining Çançjou örta xalq sudi malumotiga köra, Yan Yulin 1993–2023 yillar davomida turli davlat lavozimlarida işlagan vaqtida 2,2 milliard yuandan (324 million AQŞ dollari) ortiq mablağ va mulkni noqonuniy ravişda qabul qilgan.

Qayd etilişiça, Xitoy Raisi Si Tszinpin boşlagan köp yillik korruptsiyaga qarşi kampaniya davomida mamlakatdagi millionlab amaldorlar tekşiruvdan ötkazilgan. Biroq bu işlarning aksariyati intizomiy jazo bilan yakunlanardi. Sudgaça yetib borgan korruptsiya işlarida ölim jazosi tayinlanişi va uning ijro etilişi esa sönggi ön yildan ortiq vaqt içida juda kam uçraydi. Katta miqdorda pora olgan amaldorlarga köpinça umrbod qamoq jazosiga almaştirilişi mumkin bölgan şartli ölim jazosi beriladi.

Sud bayonotida qayd etilişiça, Yan Yulin katta miqdorda pora olgan, jinoiy holatlar öta oğir bölgan va jamiyatga salbiy tasir körsatgan.

“Yan Yulin sudda sönggi sözini aytib, aybini tan oldi va qilmişidan puşaymonligini bildirdi”, deyiladi sud bayonotida.

Sönggi yillardagi malum korruptsiya işlarida ölim jazosi, asosan, pora miqdori 1 milliard yuandan (147 million dollar) oşgan hollarda qöllangan. 2024 yilda Içki Möğuliston hududidagi amaldor Li Tszyanpin 3 milliard yuandan ortiq mablağ bilan boğliq korruptsiya işida aybdor deb topilib, qatl etilgan.

Yana bir yirik işda esa Şansi viloyati sobiq amaldori Çjan Çjunşen 2018 yilda 1 milliard yuandan ortiq pora olgani uçun ölim jazosiga hukm qilingan, ammo 2021 yilda apellyatsiya natijasida bu jazo şartli ölim jazosi va umrbod qamoq bilan almaştirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda Oliy harbiy sud sobiq mudofaa vazirlari Vey Fenxe va Li Şanfularni 2 yillik sinov muddati bilan şartli ölim jazosiga hukm qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: