USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Boşqa tilni örganiş miya qarişini 13 yilgaça sekinlaştirişi mumkin

76 марта
Бошқа тилни ўрганиш мия қаришини 13 йилгача секинлаштириши мумкин

Bir neçta xorijiy tillarni biliş miya qarişini 6 yildan 13 yilgaça sekinlaştiradi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni Barselonada boşlangan Yevropadagi eng yirik neyrobiologiya konferentsiyasida taqdim etilgan tadqiqot natijalarida keltirilgan.

Qayd etilişiça, uşbu tadqiqotda Ispaniya, Çili, Argentina va Dublin olimlari Basklar yurtida yaşovçi odamlarda multilingvizm – kundalik hayotda ikki va undan ortiq tillardan foydalanişning tasirini örganişga qaror qilgan. Ispaniya şimolidagi uşbu mintaqa aholisi uçun köp tillilikning yuqori darajasi xos – mahalliy aholi u yerda ispan, bask, frantsuz va yoki ingliz tillarida gaplaşadi.

Olimlar Basklar yurtidan bölgan 728 kişining miya faolligini örganiş uçun magnitoentsefalografiya usulidan foydalangan holda nevrologik yoşini ölçagan. Bundan taşqari, boşqa hududlardan bölgan, bir, ikki, uç yoki törtta tilda gaplaşadigan 144 kişidan iborat yana bir guruh alohida tekşiruvdan ötkazilgan.

Natijada mutaxassislar quyidagi xulosaga kelgan: tillarni örganiş miya qarişini 13 yilgaça sekinlaştiradi. Ikkita tilni biladigan odamlarning miyasi faqat bitta tilda gaplaşadiganlarnikiga qaraganda taxminan 6 yilga yoşroq köringan. Uçta tilni biladiganlarda miya taxminan 7 yilga, törtta tilda gaplaşadiganlarda esa 13 yilga yoşroq ekani aniqlangan.

“Oddiyroq aytganda, köproq tilni biladigan odamlarning miyasi ularning xronologik (pasportdagi) yoşiga nisbatan kutilganidan köra yoşroq körindi”, deya tadqiqot natijalarini şarhlaydi Bask kognitiv tadqiqotlar, miya va til markazidan Lusiya Amoruzo. 

Tilni yuqori darajada biliş va ikkinçi tilni ertaroq özlaştiriş ham miya qarişining sekinlaşişi bilan boğliq bölib çiqqan. Bu şundan dalolat beradiki, köp tillilik tajribasi gradiyent sifatida ahamiyatga ega: gap şunçaki ikkita tilni biliş yoki bilmaslikda emas, balki til tajribasining çuqurligi va davomiyligidadir.

Şu bilan birga, Britaniyaning “The Guardian” gazetasi tadqiqotçilar miya qarişiga tasir qilişi mumkin bölgan boşqa omillar, masalan odamning turmuş tarzi yoki ijtimoiy faolligining ehtimoliy tasirini hisobga olmaganini qayd etadi. Ikki va undan ortiq tilni biladigan odamlar soğlom turmuş tarziga amal qilişlari mumkin, bu ham bunday yuqori körsatkiçlarni tuşuntirişi mumkin.

Amoruzo va uning jamoasi endilikda miya qarişi alohida muhim ahamiyatga ega bölgan Altsgeymer kabi kasalliklardan aziyat çekayotgan odamlar bilan ham şunga öxşaş işlarni olib boriş niyatida. Ular, şuningdek, kundalik hayotda ikki yoki undan ortiq bir-biriga juda öxşaş tillarni biliş miyaga köproq tasir qilişi mumkinligini örganişni rejalaştirmoqda: yaqin qardoş tillardan foydalaniş köproq til nazoratini talab qilişi va natijada miyani yaxşiroq çiniqtirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq suniy intellekt nevrologik kasalliklarni davolaş uçun yangi dorilarni tezroq izlaşda muhim vositaga aylanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: