Venesueladagi zilzila qurbonlari 3,7 mingga yaqinlaşdi
Joriy yilning iyun oyida Venesuelada sodir bölgan ketma-ket ikkita kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni bugun 8 iyul holatiga köra, 3 685 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Milliy assambleyasi spikeri Xorxe Rodriges X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
Sönggi malumotlarga köra, tabiiy ofat oqibatida 16 740 kişi jarohatlangan. Qutqaruvçilar vayronalar ostidan 6 462 nafar odamni tirik olib çiqqan, biroq bu körsatkiç sönggi tört kun davomida özgarmagan.
Zilzila oqibatida 17 907 kişi boşpanasiz qolgan. Jabrlanganlarga yordam körsatiş maqsadida mamlakat böylab 87 ta vaqtinçalik lager taşkil etilgan. Uşbu lagerlarga 9 603 tonna oziq-ovqat va 8,32 million litrdan ortiq içimlik suvi yetkazib berilgan. Hozirgaça qariyb 86,8 ming oila yordam olgan, 26 mingga yaqin fuqaroga tibbiy xizmat körsatilgan.
Mutasaddilarga köra, hududdagi vaziyat yer silkinişlari davom etayotgani sabab murakkabligiça qolmoqda. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş işlariga qariyb 30 ming nafar favqulodda vaziyatlar xodimi, 28 mingdan ortiq köngilli hamda xorijdan kelgan 4 388 nafar qutqaruvçi jalb etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq uşbu zilzila oqibatida halok bölganlar soni 3 535 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.