Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2300 nafarga yaqinlaşdi
Joriy yilning 24 iyun kuni Venesuela şimolida sodir bölgan ikki kuçli zilzila oqibatida halok bölganlar soni 2295 nafarga yetdi. Yana 11 ming 267 kişi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges malum qildi.
Uning aytişiça, BMT hozirda qariyb 50 ming kişini bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritgan. Ulardan 30 mingga yaqini tabiiy ofatdan eng köp zarar körgan La-Guayra port hududida bölgan.
“Qutqaruvçilar vayronalar ostidan qariyb 6,5 ming kişini tirik olib çiqdi. Biroq omon qolganlar soni 20 ming nafargaça yetişi mumkin, çunki köpçilik mustaqil ravişda yoki yaqinlari yordamida qutulişga muvaffaq bölgan”, degan Rodriges.
Şuningdek, zilzila oqibatida qariyb 13 ming kişi boşpanasiz qolgan.
Keça, 1 iyul kuni Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvçi Delsi Rodriges zilzila qurbonlari xotirasiga bağişlab mamlakat böylab yetti kunlik motam elon qildi.
“Venesuela qalbi vayronkor zilzilalar oqibatida halok bölgan insonlar uçun qayğuga töldi. Bugun, biz yaqinlarini yöqotgan oilalar dardiga şerikmiz va jarohatlanganlar, bedarak yöqolganlar hamda tabiiy ofatdan jabr körganlar uçun duo qilamiz”, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Eslatib ötamiz, Venesueladagi zilziladan söng, osmon qizil rangga kirgan edi. Noodatiy uşbu hodisaga yangi geologik jarayonlar emas, balki atmosferadagi çang va mayda parçalarning zarralari tomonidan quyoş nurining soçilişi sabab bölgan.