USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyda poyabzal fabrikasidagi yonğinda kamida 28 kişi halok böldi

53 марта
Хитойда пойабзал фабрикасидаги ёнғинда камида 28 киши ҳалок бўлди

Xitoyning janubi-şarqidagi Futszyan viloyatida joylaşgan poyabzal fabrikasida çiqqan yonğin oqibatida kamida 28 kişi halok böldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Yonğin keça, 9 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 atrofida Futszyan viloyatining Tszintszyan şahridagi “Huiteng” poyabzal işlab çiqariş korxonasida sodir bölgan. Köp qavatli binoni alanga qamrab olgani oqibatida bir guruh işçilar tomda qolib ketgan.

Agentlik malumotiga köra, yonğin boşlangan vaqtda fabrikada jami 239 nafar kişi bölgan. Ularning 213 nafari evakuatsiya qilingan. Şifoxonaga olib ketilgan ikki kişi keyinçalik vafot etgan. Ilgari bedarak deb hisoblangan yana 26 kişining jasadi topilgan.

Qayd etilişiça, Xitoy raisi Si Tszinpin zudlik bilan keng kölamli qutqaruv işlarini taşkil etiş böyiça körsatma bergan. U sönggi oylarda mamlakatda işlab çiqariş korxonalarida bir qator halokatli baxtsiz hodisalar yuz berganini eslab, bu yonğin ham katta qurbonlarga sabab bölganini takidlagan hamda aybdorlarni qonun asosida qatiy javobgarlikka tortişni talab qilgan.

Dastlabki tekşiruvlarga köra, yonğin fabrikaning birinçi qavatida boşlangan. Rasmiylar poyabzal işlab çiqarişda qöllaniladigan materiallar va xomaşyolar öta yonuvçan bölgani uçun alanga juda tez tarqalganini bildirgan.

CCTV malum qilişiça, korxonada saqlangan yopiştiruvçi moddalar va boşqa kimyoviy materiallar ötkir hid tarqatib, qutqaruvçilarning közlarini açiştirgan. Şuningdek, zinapoyalarda katta miqdorda turli buyumlar töplanib qolgani qutqaruv va yonğinni öçiriş işlarini qiyinlaştirgan. Xabar berilişiça, kompaniya rahbarlari va boşqa masul şaxslar qölga olingan, korxonaning bank hisobraqamlari muzlatilgan.

Malumot uçun, Tszintszyan şahri Xitoyning eng yirik poyabzal va kiyim-keçak işlab çiqariş markazlaridan biri bölib, köpinça mamlakatning “poyabzal poytaxti” deb ataladi. Rasmiy malumotlarga köra, şahardagi minglab korxonalar 2024 yilda 1,2 milliard juftdan ortiq poyabzal işlab çiqargan bölib, bu jahon umumiy işlab çiqariş hajmining taxminan 20 foizini taşkil etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Xunan viloyatida joylaşgan pirotexnika zavodida yuz bergan kuçli portlaş oqibatida kamida 21 kişi halok bölib, 61 nafar odam jarohat olgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: