Nyu-Yorkdagi turnirda basketbolçi otib öldirildi
Joriy yilning 10 iyul kuni keçasi amerikalik basketbolçi Kayna Roçford Nyu-Yorkdagi turnirda öyinlar oraliğidagi tanaffus paytida otib öldirildi. Bu haqda politsiyaga tayanib, “New York Post” gazetasi xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari malumotlariga köra, 35 yoşli sportçi boşidan öq yegan. Otişmaga uning boşqa bir erkak bilan janjallaşib qolgani sabab bölgan. Hodisa oqibatida yana ikki kişi jarohat olgan. Ular barqaror holatda şifoxonaga yetkazilgan.
“Nyu-Jersidagi Ferli Dikinson universitetining eng közga köringan öyinçilaridan biri bölgan Kinu Roçford Lennoks avenyusidagi “Martin Lyuter King” turarjoy majmuasida ötkazilayotgan “Kingdome Basketball Tournament” turnirida taxminan soat 22:30 atrofida boşidan öq yegan”, deyiladi xabarda.
Qöşnilardan birining aytişiça, Roçford ikki öğil va bir qiz farzandlardan biri bölgan, uning ota-onasi esa Trinidaddan AQŞga borgan.
Mer Zohran Mamdani uşbu otişmani qoralagan va X ijtimoiy tarmoğida Roçfordning oilasi uçun “çuqur qayğuda” ekanini hamda “bu mantiqsiz zöravonlik tugaşi kerakligini” yozib qoldirgan.
Roçford Niderlandiya, Isroil, Frantsiya, Şveytsariya, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlar klublari şarafini himoya qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Miçigan ştati Dirborn şahridagi Fairlane Town Center savdo markazida sodir bölgan otişma oqibatida ikki kişi halok bölgandi, yana bir kişi jarohat olgan edi.