Yevropada jazirama qurbonlari 10 mingdan oşdi
Yevropaning ğarbiy qismini joriy yil iyun oyining oxirida qamrab olgan rekord darajadagi jazirama oqibatida 10 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 22–28 iyun kunlari Yevropaning 27 davlatida jami 10 ming 650 nafar odam vafot etgan. Ularning 9 mingdan ortiği 65 yoş va undan katta fuqarolar bölgan. Malumotlar Yevropa Kasalliklarning oldini oliş va nazorat qiliş markazi hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti kömagida faoliyat yurituvçi EuroMOMO tarmoği tomonidan elon qilingan.
Mutaxassislarning aytişiça, kuçli jazirama issiq urişi, şuningdek, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklarini oğirlaştirişi mumkin. Ayniqsa, keksalar bunday ob-havodan eng köp zarar köradigan qatlam hisoblanadi.
Daniyaning Statens Serum Institut boş şifokori Lasse Vestergaardga köra, yilning uşbu davrida bunday körsatkiç kuzatilişi odatiy hol emas.
“Bunday yuqori körsatkiçni kuçli jaziramadan boşqa omil bilan izohlaş qiyin”, degan u.
Olimlarning takidlaşiça, iyun oyining oxiridagi bunday issiq tölqini inson faoliyati sabab yuzaga kelayotgan iqlim özgarişisiz deyarli kuzatilmagan bölardi. Global isiş tufayli jazirama tölqinlari tobora tez-tez va kuçliroq sodir bölmoqda.
Qayd etilişiça, EuroMOMO malumotlari 27 mamlakatning milliy statistikalari asosida tuzilgan bölib, ular faqat issiqlik bilan boğliq emas, balki barça sabablar tufayli qayd etilgan ölimlarni qamrab oladi.
Taşkilot alohida davlatlar böyiça raqamlarni elon qilmagan. Biroq iyun oyining oxirgi haftasida Frantsiya va Belgiya eng yuqori ölim körsatkiçlari qayd etilgan davlatlar bölgan. Belgiyada esa bu 2000 yildan buyon jazirama davrlaridagi eng yuqori körsatkiç sifatida qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyida Yevropani qamrab olgan kuçli issiq tölqini davrida Frantsiya, Belgiya va Niderlandiyada dastlabki hisob-kitoblarga köra, kamida 3 ming 700 nafardan ortiq ölim holati qayd etilgan edi.
Şuningdek, Germaniyada 2026 yil boşidan buyon kuçli jazirama sababli taxminan 5 ming 120 kişi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.