USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

YeI bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklamoqçi

70 марта
ЕИ болаларнинг ижтимоий тармоқлардан фойдаланишини чекламоқчи

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişiga yoş böyiça çeklov joriy etilişi mumkin. Bu haqda “Associated Press” xaber berdi.

Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bugun, 13 iyul kuni Bryusselda bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini tartibga solişga qaratilgan taklif yozdan söng taqdim etilişini malum qilgan.

“Farzandlarimizga haydovçilik guvohnomasini olmasdan turib avtomobil kalitini bermaganimiz yoki qonun ruxsat bermagunça ularga spirtli içimlik sotib olişiga yöl qöymaganimiz kabi, bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi uçun ham malum yoş çegarasi bölişi kerak”, deydi fon der Lyayen.

Uning bildirişiça, bolalar avvalo haqiqiy hayotda döst orttirişi, öynaşi va şaxs sifatida şakllanişi lozim. Şuningdek, u ijtimoiy tarmoqlardagi çeksiz tasmani aylantiriş (infinite scroll) kabi foydalanuvçini öziga qaram qiluvçi funktsiyalarni texnologik kompaniyalar bartaraf etişi kerakligini qayd etgan.

Bolalar xavfsizligini onlayn muhitda taminlaş böyiça tuzilgan maxsus ekspertlar guruhi ham Yevrokomissiyaga öz hisobotini taqdim etgan. Hisobotda platformalar öz xizmatlari bolalar uçun xavfsiz ekanini isbotlamagunça, 13 yoşgaça bölgan foydalanuvçilarning ularga kirişini çeklaş tavsiya etilgan.

Ekspertlar, şuningdek, 13 yoşdan katta voyaga yetmaganlar uçun ham qöşimça himoya çoralarini joriy etişni tavsiya qilgan. Ularning fikriça, bolalar xavfsizligini taminlaş masuliyati ota-onalar yoki tartibga soluvçi organlar emas, avvalo raqamli platformalar zimmasida bölişi kerak.

Malumot uçun, sönggi yillarda dunyoning qator davlatlari bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş böyiça çoralarni kuçaytirmoqda. Xususan, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Indoneziyada voyaga yetmaganlarning TikTok, Instagram, YouTube kabi platformalardan foydalanişiga doir turli yoş çeklovlari joriy etilgan yoki muhokama qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ham 16 yoşgaça bölgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: