USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pikaks toğini yöq qilamiz. Eron tayyor tursin – Tramp

128 марта
Пикакс тоғини йўқ қиламиз. Эрон тайёр турсин – Трамп

AQŞ Prezidenti Donald Tramp yaqin orada AQŞ Erondagi Pikaks toğiga zarba berişini malum qilib, Vaşington Eronga qarşi kuçli hujumlarni davom ettirişi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Trampning aytişiça, AQŞ uşbu obektni doimiy kuzatib bormoqda va Eronning yadro dasturiga oid har qanday faoliyatga keskin javob qaytarişda davom etadi.

“Biz Pikaks toğini yöq qilamiz. Eronliklarga tayyor turişlarini ayting”, degan Tramp Hugh Hewitt Şow dasturiga bergan intervyusida.

Manbaning yozişiça, Pikaks toği Eronning jiddiy zarar körgan Natanz uranni boyitiş inşooti yaqinida joylaşgan. Toğ içida ikkita çuqur yerosti tunnel majmuasi mavjud. Mutaxassislar uşbu obekt AQŞ ixtiyoridagi eng kuçli bunkerga qarşi bombalar zarbasiga ham bardoş bera olişini aytmoqda.

“Biz u yerni diqqat bilan kuzatyapmiz. Har safar u yerda biror faoliyat haqida eşitsak, uni portlatamiz. Şuning uçun ular bu haqda gapirişni yoqtirişmaydi. Ular yadroviy vaziyat bilan yaxşi işlamayapti. Lekin biz, ehtimol, yaqin orada Pikaksga ham zarba beramiz”, degan Tramp.

U, şuningdek, AQŞ Fors körfazida Eron kemalariga nisbatan blokadani qayta tiklagani va Hormuz böğozi oçiq qolişini taminlaşini ham bildirgan.

“Biz ularga bugun keçasi ham, ertaga ham juda qattiq zarba beramiz. Va ular bunga qarşi heç narsa qila olmaydi”, degan AQŞ Prezidenti.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 iyul kuni tunda AQŞ harbiylari Hormuz böğozidagi keskinlik kuçayişi ortidan Eronga qarşi yangi hujumlar boşlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: