USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eronga hujumlar uyuştirdi, Tehron esa AQŞ obektlariga zarba berdi

87 марта
АҚШ Эронга ҳужумлар уюштирди, Теҳрон эса АҚШ объектларига зарба берди

AQŞ Eronning sohil mudofaasi va raketa obektlariga qarşi yangi hujumlar amalga oşirdi, Tehron esa bunga javoban qöşni davlatlardagi Amerika harbiy obektlariga zarba berdi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.

AQŞ keça, 15 iyul kuni Eron portlariga nisbatan dengiz qamalini qayta joriy etgaç, mamlakatning sohil mudofaasi va raketa obektlariga ikki bosqiçli hujum uyuştirgan. Eron esa bunga javoban qöşni davlatlarda joylaşgan AQŞ harbiy obektlarini nişonga olganini malum qilgan va buni Amerika bilan keçayotgan “mavjudlik uçun uruş” deb atagan.

AQŞ Markaziy qömondonligining malum qilişiça, harbiylar AQŞ şarqiy vaqti bilan soat 06:00 atrofida Eronning Katta Tunb orolidagi sohil mudofaasi tizimlari hamda qanotli raketalarni saqlaş va uçiriş obektlariga zarba bergan. Töqqiz soat ötib esa mamlakatning bir neçta şaharlariga qarşi ikkinçi tölqin hujumlari amalga oşirilgan.

“AQŞ kuçlari Eronning qömondonlik markazlari, havo mudofaasi obektlari, raketa va dron imkoniyatlari hamda sohil kuzatuv inşootlariga zarba berdi”, deyiladi bayonotda. 

Şuningdek, Hurmuz böğozida joylaşgan Eronning eng yirik porti va dengiz floti hamda Islom inqilobi muhofizlari korpusi obektlari joylaşgan Bandar Abbos ham nişonga olingan. AQŞ harbiylari avvalroq 90 daqiqalik hujum davomida Katta Tunb orolidagi sohil mudofaasi va qanotli raketa obektlariga zarba berilganini ham malum qilgan.

Qayd etilişiça, Islom inqilobi muhofizlari korpusi öz navbatida Bahrayn, Quvayt va Iordaniyadagi AQŞ harbiy nişonlariga hujum qilinganini bildirgan. Korpusga köra, Quvaytdagi Ali Al Salem aviabazasida AQŞ harbiylari töplangan hudud va radiolokatsiya tizimi raketa hamda dronlar bilan nişonga olingan.

AQŞ harbiylari, şuningdek, ogohlantirişlarga böysunmagan va Xark oroli tomon yöl olgan böş neft tankerini Hellfire raketalari bilan uning möri qismiga zarba berib harakatdan töxtatganini bildirgan. Malumotga köra, dengiz qamali qayta joriy etilganidan buyon ikki kema yönaltirib yuborilgan, yana biri esa işdan çiqarilgan.

Eron ommaviy axborot vositalari Bandar Abbos, Ahvoz, Konarak, Sirik va Qeşm atrofida bir qator portlaşlar yuz berganini xabar qilgan. “Press TV” Xondab şahrida ham kamida ikki marta portlaş bölganini malum qilgan. “Mehr” agentligi esa Tehronda “duşman tahdidlari”ga qarşi havo mudofaasi tizimlari işga tuşirilganini yozgan. 

Uruş oqibatida asosan Eron va Livanda minglab odamlar halok bölgan, millionlab aholi esa öz uyini tark etişga majbur bölgan. “Tasnim” agentligining Soğliqni saqlaş vazirligi vakiliga tayanib xabar berişiça, faqat iyul oyining özida AQŞ hujumlari oqibatida 35 kişi halok bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Iordaniyadagi AQŞ harbiy-havo bazasi Eronning ballistik raketalari bilan nişonga olinganini malum qilgan hamda Iordaniya aholisini mamlakatdagi Amerika harbiy bazalarini tugatişga çaqirgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: