Janubiy Koreya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
Janubiy Koreya hukumati 14 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişini çeklaş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Koreya OAV va kommunikatsiyalar komissiyasi raisi Kim Çen Çxol mazkur taşabbusni Çxon Va Dedagi siyosiy brifingda malum qilib, ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan meyoridan ortiq foydalanişi butun dunyo miqyosidagi muammoga aylanganini takidlagan.
Malumotlarga köra, komissiya 14 yoşgaça bölgan bolalarning ijtimoiy tarmoq platformalarida akkaunt oçişini çeklaş, şuningdek, 14-19 yoşli ösmirlarni ijtimoiy tarmoqlardan ortiqça foydalanişga undaşi mumkin bölgan algoritmlar va platforma dizaynlarini bosqiçma-bosqiç tartibga soliş imkoniyatlarini örganmoqda.
Kimning bildirişiça, Janubiy Koreya Milliy assambleyasida uşbu masalaga oid yettiga yaqin qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.
Şu bilan birga, u bunday çeklovlarni joriy etişda ehtiyotkorlik zarurligini takidlagan. U 2011 yilda qabul qilingan va 16 yoşgaça bölgan bolalarga yarim tundan ertalab soat 06:00 gaça onlayn öyin öynaşni taqiqlagan qonunni misol qilib keltirgan. Mazkur qonun inson huquqlarini çeklaşi va öyin sanoatiga salbiy tasir körsatgani haqidagi tanqidlar ortidan 2022 yilda bekor qilingan.
Şuningdek, Janubiy Koreyaning uşbu taşabbusi bolalar va ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaşga qaratilgan global tendentsiya fonida ilgari surilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişiga yoş böyiça çeklov joriy etilişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.