USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Isroil janozaga yiğilgan falastinliklar ustiga bomba taşladi. Qurbonlar bor

95 марта
Исроил жанозага йиғилган фаластинликлар устига бомба ташлади. Қурбонлар бор

Ğazo sektori markazidagi Nusayrot qoçqinlar lagerida avvalroq Isroil zarbasida halok bölgan şaxsning janozasida iştirok etayotganlarga qilingan havo hujumi oqibatida kamida 8 nafar falastinlik halok böldi,  20 kişi esa yaralandi. Bu haqda Ğazo soğliqni saqlaş idoralariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Tibbiyot xodimlari malumotiga köra, şu kuni anklavning boşqa hududlaridagi alohida Isroil havo hujumlarida yana kamida 3 nafar falastinlik halok bölgan. Şu bilan keça, 17 iyul kungi qurbonlar soni kamida 12 nafarga yetgan.

Qayd etilişiça, HAMAS Nusayrotdagi hujumni motam tutuvçilarga qarşi amalga oşirilgan “şafqatsiz qirğin” deb atab, vositaçilar hamda BMTni Isroil hujumlarini töxtatiş uçun çora körişga çaqirgan. 

Isroil armiyasi esa Nusayrotda “Islomiy jihod” guruhiga tegişli jangarilar guruhiga zarba berilganini iddao qilgan. Harbiylar hujum oqibatida mojaroga aloqador bölmagan şaxslar ham jabrlangani haqidagi malumotlardan xabardor ekanini bildirgan.

Şu bilan birga, Ğazo sektori markazidagi Dayr al-Balah şahri şarqida yaşovçi aholi Isroil kuçlari dronlar orqali ovozli murojaatlar tarqatib, ulardan uylarini tark etişni talab qilganini aytgan. Bu esa ayrim oilalarni xavfsiz hududlarga köçişga majbur qilgan.

Ğazo soğliqni saqlaş idoralari malumotiga köra, oktyabr oyida Isroil va HAMAS örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganidan buyon Isroil hujumlari natijasida 1100 nafardan ortiq falastinlik, asosan tinç aholi vakillari halok bölgan. Kelişuv keng kölamli janglarni töxtatgan bölsa-da, deyarli har kunlik havo zarbalarini bartaraf etmagan. Isroil bu hujumlar jangarilarga qarşi qaratilganini takidlab keladi. Şu davr içida Ğazodagi töqnaşuvlar oqibatida 4 nafar Isroil askari ham halok bölgan.

AQŞda joylaşgan ACLED mojarolar monitoringi markazi malumotiga köra, iyun oyida Isroilning HAMAS va boşqa guruhlarga qarşi havo hujumlari soni 40 tadan oşgan bölib, bu öt oçişni töxtatiş kelişuvidan keyingi eng yuqori oylik körsatkiç hisoblanadi. Markazning malum qilişiça, boşqa hujumlar ikki tomonni ajratib turuvçi çiziq yaqinidagi odamlarni ham nişonga olgan va ayollar hamda bolalarni öz içiga olgan tinç aholi qurbon bölgan yoki jarohatlangan.

Malumotlarga köra, hozirda Ğazodagi qariyb ikki million aholining deyarli barçasi sohil böyidagi tor hududda, asosan vaqtinçalik çodirlar yoki vayron bölgan binolarda yaşamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil armiyasining Ğazo sektoriga bergan zarbalari va öq uzişi oqibatida kamida töqqiz nafar falastinlik, jumladan, 10 yoşli bola halok bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: