USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tinçlikka tupurgan rahbarlar, tugayotgan anomal issiq va şubhali ölim — Weekend

49 марта
Тинчликка тупурган раҳбарлар, тугаётган аномал иссиқ ва шубҳали ўлим — Weekend

Bunday vaziyatda eng katta xavf şundaki, mojaro endi faqat Vaşington va Tehron örtasida emas. U mintaqaning deyarli barça muhim davlatlarini öz orbitasiga tortmoqda. Saudiya Arabistoni, Isroil, Qatar, Iordaniya, Iroq, Suriya va Yaman allaqaçon uşbu geosiyosiy töqnaşuvning bevosita yoki bilvosita iştirokçisiga aylangan.

Şundan söng, Donald Trampning tahdidlari fantastik tus ola boşladi. Yaqin orada AQŞ Erondagi Pikaks toğiga zarba berişini malum qilib, Vaşington Eronga qarşi kuçli hujumlarni davom ettirişi haqida ogohlantirdi.

“Biz Pikaks toğini yöq qilamiz. Eronliklarga tayyor turişlarini ayting”, degan Tramp The Hugh Hewitt Şow dasturiga bergan intervyusida.

“Reuters” manbasining yozişiça, Pikaks toği Eronning jiddiy zarar körgan Natanz uranni boyitiş inşooti yaqinida joylaşgan. Toğ içida ikkita çuqur yerosti tunnel majmuasi mavjud. Mutaxassislar uşbu obekt AQŞ ixtiyoridagi eng kuçli bunkerga qarşi bombalar zarbasiga ham bardoş bera olişini aytmoqda.

Geosiyosiy nuqtai nazardan qaraganda, AQŞning asosiy maqsadi Eronni mintaqaviy yetakçi sifatida kuçayişiga yöl qöymaslikdir. Nega? Çunki Eronning kuçayişi Isroilga xavf sola boşlaydi. Şunday ekan, Isroil tinçlik örnatilişini xohlamas ekan, bu uruşni tugaşini kutiş befoyda.

Grem ölimi ortidagi şov-şuvlar

AQŞ siyosatidagi eng tasirli respublikaçilardan biri sanalgan senator Lindsi Gremning kutilmagan vafoti nafaqat mamlakat siyosiy hayotida, balki jahon sahnasida ham katta aks-sado berdi. 2026 yil 12 iyul kuni 71 yoşida vafot etgan siyosatçining ölimi dastlab turli taxminlarga sabab böldi. Oradan köp ötmay, şifokorlar uning ölimiga aortaning yorilişi sabab bölganini malum qildi. Biroq bu izoh ham turli fitna nazariyalari va siyosiy talqinlarning oldini ololmadi.

Lindsi Grem 2003 yildan buyon AQŞ Senatida Janubiy Karolina ştatidan vakillik qilib kelayotgan edi. Respublikaçilar partiyasining eng tajribali arboblaridan biri bölgan Grem mudofaa, taşqi siyosat va milliy xavfsizlik masalalaridagi qatiy pozitsiyasi bilan tanilgan. U AQŞning Ukraina, NATO va ittifoqçilarni qöllab-quvvatlaş siyosatining faol tarafdorlaridan biri bölgan. Dastlab Donald Trampning keskin tanqidçilaridan bölgan senator keyinçalik uning eng yaqin siyosiy ittifoqçilaridan biriga aylandi va Respublikaçilar partiyasida muhim tasirga ega şaxs sifatida qaralardi.

Gremning ölimi dastlab “kutilmagan kasallik” sifatida elon qilindi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlarning paydo bölişiga sabab böldi. Ayrim foydalanuvçilar uning ölimini siyosiy faoliyati bilan boğlaşga urindi, boşqalar esa fitna nazariyalarini ilgari surdi.

Rossiyalik ultramillatçi mafkuraçi va Kreml tarğibotçilaridan biri Aleksandr Dugin Gremning ölimi oddiy tasodif emasligini iddao qildi. Uning fikriça, senatorning vafoti Donald Trampga qaratilgan “qora işora” bölişi mumkin. Dugin bu davosini heç qanday dalil bilan tasdiqlamadi, biroq uning bayonoti Rossiyaparast axborot maydonida keng tarqaldi.

“Lindsi Gremning tösatdan ölimi Trampga yuborilgan qora belgi bölişi mumkin. Bu oçiqçasiga: “Navbat seniki”, degan manoni anglatadi. Lindsi Grem Trampning soyasi, uning qoronği alter egosi edi”, deya yozgan Dugin.

Boşqa bir konspirologlar guruhi esa, keksa siyosaçining ölimi ortida Isroil turgani haqidagi fikrlarni ilgari surmoqda. Internetta tarqalgan nazariyalarga köra, AQŞ hukumatining Eronga nisbatan yumşoq siyosati va uruşni yakunlaşga intilişi, şuningdek, Trampning Netanyahuga nisbatan bildirgan keskin munosabatlari sabab Isroilning Mossad razvedkasi uşbu ölimni uyuştirgan hamda Oq uy vakillariga, jumladan Trampga öziga xos signal bergan. Ammo bu nazariyalarning heç biri aniq tasdiq topmaganini unutmaslik kerak. Marhumning yaqinlari va tibbiyot mutaxassislari esa ölim tabiiy bölganini tasdiqlagan.

Senatorning vafotidan söng, uning örnini kim egallaşi masalasi ham tezda hal qilindi. 13 iyul kuni Janubiy Karolina gubernatori Genri Makmaster Lindsi Gremning singlisi Darlin Grem Nordonni Senatdagi böşagan öringa vaqtinça tayinladi. U akasining vakolat muddati tugaguniga qadar senator sifatida faoliyat yuritadi. Mazkur tayinlov AQŞ Senati tarixida vafot etgan senator örniga uning tuğişgan singlisi tayinlangan ilk holatlardan biri sifatida qayd etildi.

Darlin Grem siyosatda faol lavozim egallamagan bölsa-da, akasining saylov kampaniyalarida muntazam iştirok etgan va uning eng yaqin maslahatçilaridan biri sifatida tanilgan. AQŞ Prezidenti Donald Tramp ham uning nomzodini oçiq qöllab-quvvatlab, kelgusida Senatdagi örin uçun ötkaziladigan maxsus saylovda qatnaşişga çaqirdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: