Afsonaviy şaxmatçiga prezidentlik lavozimi taklif etildi
Vengriyalik afsonaviy şaxmatçi Yudit Polgarga mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod böliş taklif etildi. Biroq u bu taklifni rad etdi. Bu haqda Polgar keça, 20 iyul kuni özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.
Qayd etilişiça, Vengriya parlamenti Konstitutsiyaga kiritilgan özgartirişlarni qabul qilgaç, Prezident Tamaş Şuyokning vakolatlari yakunlangan. Şundan söng, Boş vazir Peter Madyar Yudit Polgarni prezidentlikka nomzod sifatida taklif qilgan.
Polgar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida prezidentlikka nomzod etib körsatilganini hayotidagi eng katta şaraf deb atab, mustaqil va partiyalardan xoli nomzodni izlagani uçun Boş vazirga minnatdorlik bildirgan. Biroq u prezidentlik lavozimini egallaşga tayyor emasligini aytgan.
“Tarixiy jihatdan bölingan xalqni birlaştirişdek masuliyatni öz zimmamga oliş uçun özimni yetarliça kuçli deb hisoblamayman. Şu sababli, bu taklifni qabul qila olmayman”, degan Polgar.
Şuningdek, u prezidentlik saylovida körsatiladigan boşqa mustaqil nomzodni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Qayd etilişiça, Peter Madyar boşçiligidagi “Tisa” partiyasi parlamentda Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş uçun zarur köpçilikni qölga kiritgan. Konstitutsiyaviy özgartiriş kuçga kirgaç, Madyar ilm-fan, madaniyat va sport sohalaridagi 16 nafar taniqli şaxs tavsiyasi bilan Yudit Polgar nomzodini ilgari surgan.
“Aziz Yudit! Vengriya uçun qilgan barça işlaringiz uçun rahmat! Millionlab vengerlar nomidan şuni ayta olamanki, boşqa bir rolda bölsa ham, kelajakda ham sizga umid boğlaymiz”, deb yozgan Peter Madyar Polgarning qaroriga munosabat bildirib.
Malumot uçun, Yudit Polgar tarixdagi eng kuçli ayol şaxmatçi sifatida etirof etiladi. U 1976 yil 23 iyulda Vengriya poytaxti Budapeştda tuğilgan. Polgar 1991 yilda 15 yoş-u 4 oyligida grossmeyster unvonini (şaxmat va şaşkadagi eng yuksak sport unvoni) qölga kiritib, öşa paytda Bobbi Fişerga tegişli bölgan eng yoş grossmeyster rekordini yangilagan. U, şuningdek, FIDE (Xalqaro şaxmat federatsiyasi) reytingida 2700 oçkolik marradan oşgan va jahonning eng kuçli 10 nafar şaxmatçisi qatoriga joy olgan yagona ayol hisoblanadi. Faoliyati davomida Garri Kasparov, Anatoliy Karpov, Vişvanatan Anand, Vladimir Kramnik va Magnus Karlsen kabi amaldagi hamda sobiq jahon çempionlari ustidan ğalaba qozongan. 2014 yilda professional sportdagi faoliyatini yakunlagan Polgar hozirda şaxmatni ommalaştiriş, talim loyihalari va xalqaro turnirlarda şarhlovçilik bilan şuğullanadi.