Rossiya Ukraina portlari va kemalariga zarba berdi
Rossiya Ukrainaning Odessa va Çornomorsk şaharlaridagi port infratuzilmasi hamda Ukraina harbiylarini qöllab-quvvatlagan kemalarga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi keça, 22 iyul kuni xabar qildi.
Vazirlik bayonotiga köra, sönggi zarbalar Çornomorsk portida yuk tuşirayotgan quruq yuk kemasi, harbiy yuk ombori, şuningdek, yonilği va moylaş materiallari saqlanadigan omborlarga qaratilgan.
Şuningdek, Odessadagi yuklaş va saqlaş inşootlari, Ukraina harbiylari uçun yuk olib kelayotgan quruq yuk kemasi hamda balker turidagi kemaga ham zarba berilgani aytilgan. Vazirlikka köra, Rossiya dronlari Ukraina dronlari saqlanayotgan uçta omborni ham nişonga olgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining 22 iyul keçqurun Telegram orqali tarqatgan qöşimça bayonotida aytilişiça, kun davomida Rossiya dronlari Qora dengiz suvlarida va Çornomorsk portida törtta yuk kemasi hamda bitta balkerga zarba bergan. Rossiya tomoni bu kemalar Ukraina harbiylari manfaatiga xizmat qilayotgan yuklarni taşiganini iddao qilgan.
Uruş boşlanganiga qariyb tört yarim yil bölar ekan, Rossiya va Ukraina Qora dengiz hamda Azov dengizi atrofidagi harbiy faollikni kuçaytirdi. Har ikki tomon önlab kemalar, jumladan neft tankerlari va yuk kemalariga hujum uyuştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Qora dengizda Ukrainaning Odessa sohillari yaqinida xalqaro yuk kemasiga zarba berişi oqibatida kamida 5 nafar ekipaj azosi halok bölgan edi.