Peruda yonğin oqibatida bir oilaning 10 azosi halok böldi
Peru poytaxti Lima şahrining La Viktoriya tumanida yuz bergan yonğin oqibatida bir oilaning 10 nafar azosi, jumladan, 5 nafar bola halok böldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Politsiya generali Oskar Arriolaning aytişiça, yonğin keça, 22 iyuldan 23 iyulga ötar keçasi mahalliy vaqt bilan taxminan soat 03:00 da sodir bölgan. Qurbonlar orasida yoşi 3, 6, 6, 8 va 15 bölgan beş nafar bola, şuningdek, 29 yoşdan 72 yoşgaça bölgan beş nafar katta yoşli fuqaro bor. Şuningdek, yana ikki kişi tan jarohati olgan.
Malumotlarga köra, yonğin qasddan öt qöyiş oqibatida kelib çiqqan bölişi mumkin. Mahalliy OAVning yozişiça, halok bölgan oila matras işlab çiqariş hamda elektr mototsikllar savdosi bilan şuğullangan. Ular avvalroq nomalum şaxslar tomonidan tahdid va tovlamaçilikka uçragani, pul talab qilinganini bildirgan.
Guvohlarning sözlariga köra, nomalum şaxslar uy taşqarisida turgan mototsikllarga öt qöygan. Alanga esa matras işlab çiqarişda foydalanilgan tez yonuvçan materiallar orqali qisqa vaqt içida butun binoga tarqalgan.
Malum qilinişiça, yonğin sodir bölgan paytda binoda oilaning 17 nafar azosi bölgan. Ulardan 7 nafari qutulişga muvaffaq bölgan. Qurbonlarning jasadlari kuçli darajada kuyganligi sababli ularni tanib oliş qiyin bölgan.
“Bugun mamlakatimizni motamga botirgan bu fojia qarşisida butun Peru sukut saqlamoqda”, deyiladi Peru Milliy politsiyasi bayonotida.
Bildirilişiça, huquq-tartibot idoralari uşbu yonğin yuzasidan tergov olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jazoir poytaxti yaqinidagi bolalar uyida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 11 kişi halok bölib, yana 19 kişi jarohatlangan edi.