Epşteynga qizlarni topib berganlikda gumonlangan agent ölik holda topildi
Amerikalik moliyaçi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn uçun yoş ayollarni topib berganlikda gumon qilingan modellar agenti Daniyel Siad Frantsiyadagi uyida ölik holda topildi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 69 yoşli Şvetsiya fuqarosi Daniyel Siadning jasadi joriy yilning 20 iyul kuni Frantsiyaning Kolomb şahridagi uyidan topilgan. Hozirça uning ölimi sabablari nomalum bölib, holat yuzasidan tergov boşlangan.
AQŞ Adliya vazirligi elon qilgan Epşteyn hujjatlarida Siadning ismi 2 090 marta tilga olingan. Tergov materiallariga köra, u Frantsiyada Jeffri Epşteyn uçun yoş ayollarni topib berganlikda gumon qilingan.
2026 yil may oyida BFMTV’ga bergan intervyusida Daniyel Siad Jeffri Epşteynni tanişini va unga yoş ayollarni taniştirganini inkor etmagan. Biroq u buni faqat professional faoliyati bilan boğlab, Epşteynning şaxsiy hayoti haqida heç narsa bilmasligini takidlagan.
Avvalroq elon qilingan hujjatlarda Samarqandda tuğilgan özbekistonlik ayolning ham Epşteyn bilan yozişmalari va aloqalari qayd etilgani malum bölgandi. Hujjatlarda u Epşteyndan moddiy yordam olgani va uning ayrim tanişlari bilan uçraşuvlarga tayyorlangani qayd etilgan.
Siadga nisbatan beş nafar ayol zörlaş va jinsiy zöravonlik böyiça şikoyat qilgan. U esa barça ayblovlarni rad etib, umri davomida heç kimni zörlamaganini bildirgan. Advokatining aytişiça, Daniyel Siad bir neça bor tergov organlaridan özini söroq qilişni söragan, biroq u şu paytgaça biror marta ham rasmiy ravişda söroq qilinmagan.
Advokat Menya Arab-Tigrinning aytişiça, sud-tibbiy ekspertiza xulosasi elon qilinmagunça Daniyel Siadning ölimi sabablari haqida xulosa qilişga şoşilmaslik kerak. Şuningdek, u mijoziga nisbatan heç qaçon rasmiy ayblov elon qilinmaganini va uning aybsizligini doimo takidlab kelganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, Amerikalik moliyaçi Jeffri Epşteyn 2019 yil avgust oyida Nyu-Yorkdagi qamoqxonada ölik holda topilgan. Joriy yil boşida AQŞ Adliya vazirligi Epşteyn işiga oid minglab sahifalik yangi hujjatlarni elon qilgandi. Şuningdek, Epşteynning huquqiy vorisi va uning ikki hamkori qariyb 40 nafar jabrlanuvçiga 35 million dollargaça kompensatsiya tölaşga kelişib olgan edi.