USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ben-Gvir politsiya va yahudiylar hamrohligida Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi

119 марта
Бен-Гвир полиция ва яҳудийлар ҳамроҳлигида Ал-Ақсо масжидига бостириб кирди

Işğolçi Isroilning öta öngçi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir politsiya qöriqlovi va aşaddiy yahudiylar hamrohligida işğol ostidagi Şarqiy Quddusda joylaşgan Al-Aqso masjidiga yana bostirib kirdi. Bu haqda “TRT Haber” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Ben-Gvir yahudiylar tomonidan Sulaymon ibodatxonasining vayron qilingan kuni sifatida nişonlanadigan va “Tişa be-Av” deb ataluvçi motam kuni munosabati bilan Al-Aqso masjidiga kirgan.

“Tişa be-Av kuni biz vayron bölişni yodga olamiz. Biroq Ibodatxona toğida (yahudiylar Masjidul Aqsoga beradigan nom) juda katta siljişni ham köryapmiz. Bu yerda bölayotgan voqealarga qarang. Yahudiylar ibodat qilyapti, özlarini bu yerning egasidek his qilyapti. Bu yerda avval bunday holat heç qaçon bölmagandi”, degan Isroil politsiyasi va yahudiylar hamrohligida Masjidul Aqsoga bostirib kirgan Ben-Gvir.

Naşr malumotiga köra, ertalabdan buyon 1300 nafardan ortiq aşaddiy yahudiy “Tişa be-Av” bahonasida Masjidul Aqsoga bostirib kirgan. Şuningdek, Isroilning öta öngçi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bundan avval ham bir neça bor Al-Aqso masjidiga şunday kirişni amalga oşirgan.

Maklumot uçun, yahudiylar “Tişa be-Av” deb ataluvçi kunni miloddan avvalgi 586 yil va milodiy 70 yilda Sulaymon ibodatxonasi vayron qilingan kun sifatida nişonlaydi. Ular har yili şu munosabat bilan Masjidul Aqsoga bostirib kiradi. Falastin tomoni esa bu harakatlarni Masjidul Aqsoning tarixiy va huquqiy maqomini buzuvçi amaliyot hamda provokatsiya sifatida baholaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Isroil Iordaniyaning Quddusdagi Al-Aqso majmuasi ustidan tarixiy vasiylik huquqini bekor qiliş böyiça faol iş olib borayotgani xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: